JAMOLOV KAMOL DAVLATOVICH
gvardiya katta serjanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (26.10.1943)
1920-yil 15-iyulda Losha qishlog‘ida (Buhoro viloyati Buhoro tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabning 7 sinfini tamomlaganidan so‘ng jamoa xo‘jaligida mehnat qilgan. 1940-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1943-yil mart oyidan Ikkinchi jahon urushida jang qilgan. 1943-yil sentyabr oyida Dasht fronti 7-gvardiya armiyasi 8-muhandis-sapyor brigadasi 129-alohida muhandis-sapyor batal’onida sapyor bo‘lgan. Dnepr uchun jangda jonbozlik ko‘rsatgan.
1943-yil 25-sentabrda Ukraina SSR Poltava viloyati Kremenchuga shahrining janubi-sharqida Dnepr daryosidan 38 ta parvozni amalga oshirib, uning g‘arbiy qirg‘og‘iga bir qancha askar va ofitserlarini o‘tkazdi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 26-oktabrdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya katta serjanti Kamol Davlatovich Jamolov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan so‘ng demobilizatsiya bo‘lgan. Buhoroga qaytib, jamoa xo‘jaligi raisi bo‘lib faoliyat yuritgan. 1977-yil 8-noyabrda vafot etgan va Buhoro viloyati Vobkent tumanidagi “G‘oib -ota” qabristoniga dafn etilgan.