GNILOMYODOV IVAN ANDREYEVICH
katta leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (31.05.1945)
1919-yilda Orenburg viloyati Buzuluk shahrida ishch ioilasida tug‘ilgan. Oilada eng kichigi, oltinchi farzand bo‘lgan. Rus. O‘rta maktabni tugatgan. Shgird, keyin Kirov mexanika zavodida mexanik bo‘lib ishlagan.
1939-yilda Novoorskiy tumani harbiy komissariyati tomanidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1941-yil oktabrdan G‘alaba kuniga qadar frontda jang qilgan. 1944-yilda Pushkin tank maktabini tugatgan (Ribinsk).
Kareliya, 1-Ukraina, 1-Belorusiya frontlarida jang qilgan. Ukrainani, Polshani ozod qilgan, G‘arbiy Bugni, Vislani, Oderni daryosini kechib o‘tgan. Kovel, Lyuboml, Radzyn-Podlyaski, Pulavi (Pulavsk platsdarmi), Lukuv, Sedltse, Zvolen, Radom, Lodz, Tomashuv-Mazovetskiy, Poznan, Jerkuv, Srem, Grodzisk, Chempiń, Volshtin, Babimost, Myunheberg va Fridrihsfeld shaharlarini ozod qilishda ishtirok etgan. Yarador bo‘lgan. Kustrin hududidagi platsdarmni saqlab qolish va kengaytirish operatsiyasida (1945-yil fevral – mart), Imperator kanselyarasini va Reyxstagga hujumda qatnashgan. 1945-yilda G‘alabani Berlin markazida kutib olgan.
1941 yil 13-oktabrdan, 1943 yil 15-fevralgacha razvetkachi bo‘lgan.1944 yil mart-aprel oylari oralig‘ida Proskurovsk-Chernovits hujum operatsiyasida (13-chi armiya tarkibida) qatnashgan.
1945yil 16-apreldan 19-aprelgacha, 8 ta tank (uchta Panter, bitta Tigerva to‘rtta Pz Kpfv IV), 3 ta o‘ziyurar orudiya, 3 ta tankga qarshi orudiya, 125 ta dushman askarlari va ofitserlarini yo‘q qilgan.
1945-yil 16-aprelda Verbig chorrahasi yaqinida (Germaniya: Verbig) Sharqiy Prussiya temir yo‘lida (nem. Preuische Ostbahn), Zeelov shahridan shimolda, katta leytenant A.Gnilomyodovga nemis qo‘shinlari yo‘lini kesib qo‘yish va kolonnasini yo‘q qilish vazifasi yuklanadi. Tank vzvodi dushman tomon harakatlanadi. Olovli hujumidan kolonnadagi transport vositalari yonib va ulardagi dushman askarlari Sovet tankchilari o‘ti ostida qoladi. Vzvodini mudofaalanayotgan dushmanning qanotiga olib chiqadi va pulemyot va pushkalardan o‘t ochib, uchta T-5, bitta T-6 tankini va 35 ta “Faustchilarni” yo‘q qiladi.
1945-yil 18-aprelda Zeelov shahridan 10 km shimoli-g‘arbda joylashgan Vulkuv (nem. Vulkov) qishlog‘ida dushman tanklarining qarshi hujumini qaytarib, 4 taT-4 tankini yakson qiladi. Xauszee ko‘li (nemis. Xauszsz) shimolida joylashgan 58,7 balandlikdagi tezkor hujumda uchta tankga qarshi orudiya va 30 ga yaqin dushman askarini yo‘q qiladi. Shu jangda, snaruyadni to‘g‘ri kelib tegishidan jangovar mashinasi yonib ketadi, o‘zi yaralanadi. Olovni o‘chirib, mashinasini panaga olib o‘tadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 31-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta leytenant Gnilomedov Ivan Andreyevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin bir muddat Toshkentda yashadi, keyin Buzulukda ishlagan, harbiy-vatanparvarlik ishlarini olib bordi.
1987-yil 21-oktabrda vafot etgan.