ARUTYUNOV MIXAIL AGATELOVICH
 gvardiya yefreytori, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.07.1944)

1898-yil 15-iyunda hozirgi Armaniston Respublikasi Syunik viloyati Kafan viloyati Gexanush qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Arman. Oilasi bilan O‘zbekistonga ko‘chib kelgach, u to‘liqsiz o‘rta ma’lumot oldi. Samarqand shahar ijroiya qo‘mitasi tuman moliya bo‘limida inspektor bo‘lib ishlagan.
1942-yil sentabrda u Qizil Armiya safiga chaqirildi.
O‘sha vaqtdan beri frontda u 201-gvardiya o‘qchi polkining (1-Boltiq fronti 6-chi gvardiya armiyasi, 67-gvardiya o‘qchi diviziyasi,) piyoda avtomatchi sifatida jang qildi.
U o‘zini 1944-il yozgi urushlarida Belorussiya hududida «Bagration» va Boltiq davlatlarida olib borgan janglarida alohida ajralib turdi.
1944-yil 22-iyunda Orexi qishloq yonida (Vitebsk viloyatining Sirotinskiy tumani) mamoni yechish uchun bo‘gan jangda gvardiyachi Aralitunov 5 gitler zobitlarini avtomat bilan o‘qa tutdi va pulemyot punktini yuk qildi.
24-iyun kuni u Uzreche qishlog‘i (Vitebsk viloyati Beshenkovichi tumani) hududida g‘arbiy Dvinani kesib o‘tgan asosiy zarba beruvchi guruhida birinchilardan bo‘ldi. U  asosan platsdarmni ushlab turish uchun bo‘lgan  janglarda alohoda jonbozlik ko‘rsatadi. U yarador bo‘ldi, lekin tez orada qaytib keldi.
 G‘arbiy Dvinani kechuvida hamda platsdarmni kengaytirish paytida ko‘rsatgan qahramonligi va jasorati uchun unga Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berildi. Biroq, qahramon mukofotni 1944-yil 3-iyulda Litvaning Zarasay viloyati aholi punktlarini ozod qilganida, Arutyunov vafot etganidan so‘ng beriladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-iyuldagi Farmoni bilan «Fashist bosqinchilariga qarshi kurashning frontida qo‘mondonlik missiyalarini namunali bajarganligi va ko‘rsatilgan jasorati va qahramonligi», uchun Mixail Agatelovich, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Qahramon Salas qishlog‘i yaqinidagi jang maydonida dafn qilindi. Urushdan keyin qoldiqlar Litvaning Zarasay tumanidagi Smalvos qishlog‘idagi harbiy qabristonga o‘tkazildi. Qabr ustiga yodgorlik o‘rnatilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI