BIKOVSKIY VIKTOR IVANOVICH
t/x gvardiya leytenanti, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (26.10.1943)

 1919-yil 15-mayda Ternovka (hozirgi Saratov viloyati Balashovskiy tumani) qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. 1921-yilda uning onasi, 1935-yilda esa – otasi vafot etdi, Bikovskiy 1936-yilgacha Engels tumani Lipovka qishlog‘idagi Voroshilov bolalar uyida tarbiyalangan. 1936-yildan amakisi bilan yashagan. 1939 -yilda Bikovskiy Petropavlosk tibbiyot texnikumini bitirgan. Shu yilning o‘zida Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1941-yildan boshlab, u O‘zbekiston SSR Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahrida 213-o‘qchilar diviziyasi, 201-alohida pulemyot batalyoni tarkibida xizmat qilgan. 1943-yildan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1943-yil sentabriga kelib tibbiy xizmat gvardiya leytenanti Viktor Bikovskiy 7-gvardiya armiyasi, 72-gvardiya o‘qchilar diviziyasi, 224-gvardiya o‘qchilar polki sanitar vzvodiga boshchilik qilardi. U Dnepr uchun kechgan janglarda jonbozlik ko‘rsatdi.
1943-yil 24-25 sentabrga o‘tar kechasi Bikovskiy guruh tarkibida Dneprni (Ukraina SSR Dnepropetrovsk viloyatining Verxnedneprovskiy tumani) Borodayevka qishlog‘i yaqinida kechib o‘tdi. Qishloq uchun janglarda, batalyonning tibbiyot punktidagi yaradorlarni nemis bo‘linmalarining hujumidan himoya qilish paytida og‘ir yaralandi, ammo jang maydonini tark etmagan holda mudofaani davom ettirdi. Bikovskiyning harakatlari tibbiyot punktidagi yaradorlarning hayotini saqlab qolishga imkon berdi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 26-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, tibbiy xizmat gvardiya leytenanti Viktor Ivanovich Bikovskiy Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1943-yil oxirida Bikovskiy gospitaldan chiqarildi va frontga qaytdi. U Bug, Prut, Dnestrni kechib o‘tishda, Ukraina va Ruminiyani ozod qilinishida ishtirok etgan. O‘sha yilning avgust oyida u o‘qishga yuborildi.
1945-yilda Bikovskiy tish shifokorlari kursini tugatdi.
1956-yilda mayor unvoniga ega bo‘lgan Bikovskiy zaxiraga bo‘shatildi.
1973-yil 31-iyulda vafot etgan, Kishinyovda dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"LENIN" ORDENI