BELOV VASILIY TIMOFEYEVICH
oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (03.06.1944)
1910-yilda Saratov viloyatining Volsk shahrida (hozirgi Saratov viloyati) ishchilar oilasida tug‘ilgan.
1942-yil martda Qarshi shahar harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil apreldan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
3-Ukraina frontining 57-armiya 113-o‘qchilar diviziyasi 1292-o‘qchilar polki avtomatchisi V.T.Belov 1944-yil 24-martda bir guruh jangchilar bilan birgalikda qayiqda Vinogradniy Sad qishlog‘i hududida (Nikolayev viloyatining Domanevka tumani) birinchilardan bo‘lib Janubiy Bug daryosidan kechib o‘tdi.
Qirg‘oqda dushman bilan olishib, granatalar yordamida uning pulemyot hisobini yakson qilgan. Guruh platsdarmni egallab, o‘z rotasi va boshqa bo‘linmalarning xavfsiz kechuvini ta’minladi. Platsdarmni ushlab qolish va kengaytirish uchun kechgan janglarda dushmanning 9 ta qarshi hujumini qaytarishdi.
1944-yil 25-martdagi janglarning birida V.T.Belov yarador bo‘lib yarador sifatida harbiy qism ro‘yxatidan chiqariladi. Uning keyingi taqdiri ma‘lum emas, rasman bedarak yo‘qolgan hisoblanadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 3 iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, oddiy askar Vasiliy Belov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.