XAKIMOV ALIM

         Mayor Xakimov Alim, 1919-yil 15-oktabrda Toshkent viloyatida tug’ilgan, millati tojik, ma’lumoti o’rta, 1939-yilda Toshkent shahridagi 141-sonli o’rta maktabning 8-sinfini tamomlagan.

         1940-yildan 1941-yilgacha 108-o’qchi diviziyasining (Vyazma, Moskva viloyati) 485-alohida aloqa batalyonining otryad komandiri bo’lib xizmat qilgan. 1941-yil dekabrda Leningrad harbiy-siyosiy bilim yurtini tugatgach, vzvod komandiri, keyin Kalinining frontining 246-o’qchi diviziyasining 908-o’qchi polkining rota komandiri etib tayinlandi. Vzvod komandirligida 1942-yilda engil jarohat olgan, rota komandiri vaqtida, ya’ni 1943-yilda Kursk jangida kontuziya bo’lgan. 1943-yil iyundan 1944-yil iyungacha davolanadi. 1945-yil maygacha 1-Belorus fronti 47-armiyasining 143-o’qchi diviziyasining 487-o’qchi polkining batalyon komandiri bo’lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil bayroq”, “Aleksandr Nevskiy”, “Lenin” ordenlari, “Oltin Yulduz”, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”,  “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan. Visla daryosidan o’tgani uchun “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoniga sazavor bo’lgan.

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“ALEKSANDR NEVSKIY” ORDENI

“LENIN” ORDENI

“OLTIN YULDUZ” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI