SEMENOV MATVEY SEMENOVICH

    

     

        Katta leytenant Semenov Matvey Semenovich, 1920-yil 15-avgustda Chuvashiya ASSR Yadrinskiy tumani Verxnie Mogari qishlog’ida tug’ilgan, ma’lumoti tugallanmagan o’rta, 1935-yilda qishloq o’rta maktabining 7-sinfini tugatgan.

      1940-yil oktabr oyidan 1941-yil iyul oyiga qadar Boltiqbo’yi harbiy okrugi 16-o’qchilar diviziyasi 149-o’qchilar polkining polk maktabi kursanti bo’lgan. 1941-yil iyul oyidan 1942-yil avgust oyigacha Kaliningrad fronti 27- va 4-zarbdor armiyalarning IIXK maxsus bo’limi o’qchilar rotasi o’qchisi, 1943-yil mart oyiga qadar 1- va 2- Boltiqbo’yi frontlari 4-zarbdor armiyasining IIXK maxsus bo’limi chegara rotasi pulemyotchisi, 1943-yil mart oyidan 1945-yil sentabr oyigacha
3-Boltiqbo’yi fronti 4-zarbdor armiyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi
7-alohida rota pulemyotchisi sifatida xizmat o’tagan.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan mukofotlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI