KOSTYUKOV NIKOLAY DANILOVICH

     

        Podpolkovnik Kostyukov Nikolay Danilovich, 1917-yil 9-dekabrda Voronej viloyati Semilukskiy tumani Latnoe qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1934-yilda Latnoe o‘rta maktabini va 1967-yilda Turkmaniston davlat universitetini tamomlagan.

        1941-yil sentabr oyidan 1942-yil iyul oyigacha bo‘lgan davrda Kavkazorti harbiy okrugining 45-armiyasi IIXK maxsus bo‘limi operativ xodimi lavozimida xizmatni o‘tagan. 1942-yil iyul oyida Kavkazorti fronti IIXK maxsus bo‘limi 2-bo‘linmasi operativ xodimi etib tayinlangan. 1943-yil iyun oyidan dekabr oyiga qadar 149-aviatsiya eskadroniga xizmat ko‘rsatish uchun Kavkazorti frontining “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi 1-bo‘limi operativ xodimi. 1945-yil aprel oyiga qadar Kavkaz orti fronti 1-avtobrigadasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ xodimi. 1945-yil aprel oyidan iyun oyigacha Kavkazorti frontining “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi 1-bo‘limi 1-bo‘linmasi operativ xodimi bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50 va 70 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 70 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI