REZNIKOV MIXAIL PETROVICH

       Kapitan Reznikov Mixail Petrovich, 1923-yil 5-oktabrda Voronej viloyatining Novo-Kalitvyan tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda Voronej viloyatidagi Boguchar pedagogika bilim yurtini, 1957-yilda marksizm va leninizm kechki universitetini tamomlagan.

       1941-yilning oktabr oyidan 1942-yilning aprel oyigacha bo‘lgan davrda G‘arbiy front tarkibidagi 42-diviziyaning
459-o‘qchilar polkida o‘qchi sifatida xizmatni o‘tagan. Yaralanganligi sababli 1942-yil aprel-avgust oylarida 671 va 724-sonli evakuatsiya gospitallarida davolanishda bo‘ladi. Sog‘lig‘i tiklangandan so‘ng Baykalorti fronti tarkibidagi 17-armiyaning 284-o‘qchilar diviziyasi 1043-o‘qchilar polkiga aloqa rotasining ratsiya boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi va u erda 1945-yilning iyul oyiga qadar xizmat qiladi.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI