YEMELYANENKO VASILIY BORISOVICH

gvardiya kapitani, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (13.04.1944)

1912-yil 16-yanvarda Astraxan viloyati Nikolayev qishlog‘ida, hozirgi Volgograd viloyati Nikolaevsk shahrida, ishchi oilasida tug‘ilgan. Rus.
1932-yilda Moskva Konservatoriyasining bastakorlik fakulteti talabasi Saratov Osoaviaxim uchuvchilar maktabiga o‘qishga kiradi va bir yildan so‘ng tugatadi. Yana bir yil o‘tgach, Moskvadagi Markaziy uchuvchi-yo‘riqchilar maktabini tamomlaydi.
1941-yil iyun oyida Nikolaev aeroklubida yo‘riqchi-uchuvchi bo‘lib ishlagan. Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi bilan ixtiyoriy ravishda harbiy komissasrlikka boradi va Janubiy frontning o‘quv-mashg‘ulot markaziga yuboriladi. 1942-yil mayda frontga 4-shturm aviatsiya polkiga (keyinchalik 7-gvardiya ordeni Lenin shturm aviatsiya polkiga o‘zgartirilgan) yuboriladi. IL-2 shturm samolyotining mohir uchuvchilari jang qilish malakasini Nikolay Antonovich Tish boshchiligida oshirdilar.
1942-yilning yozida 6 ta IL-2 shturm samolyotidan iborat guruhga bosh bo‘lib Mank kanali hududidagi nemis qo‘shinlariga hujum qiladi. Vazifani bajarish vaqtida uning samolyoti dushman zenit olovi bilan urib tushiriladi. Hujum qilingan dushman kolonnasidan 1 kilometr uzoqlikdagi cho‘l hududga qo‘nishga majbur bo‘ladi. Dushmanlar olovi ostida guruh uchuvchilaridan biri Mixail Talikov samolyotni unga yaqin joyga qo‘ndiradi va Emelianenkoni olib ketib, uning hayotini saqlab qoladi.
1943-yil avgustiga kelib 7-gvardiya shturm aviatsiya polkining shturmani (230-shturm aviatsiya diviziyasi, 4-havo armiyasi, Shimoliy Kavkaz fronti) IL-2M samolyotida 88 marotaba jangovor parvoz amalga oshirib, 23 ta dushman samolyotini urib tushiradi, o‘nlab tanklar va harbiy transport vositalarini yakson qiladi, dushmanga tirik kuchiga katta zarar etkazadi. Havo janglarida shaxsan o‘zi dushmanning 2 ta samolyotini urib tushiradi. 3 marotaba o‘zi ham dushman tomonidan urib tushirilgan.
1943-yil oxirida 230-shturm aviatsiya diviziyasining uchish texnikasi bo‘yicha inspektor etib tayinlanadi. Guruhlar bilan jangovar vazifalar bajarish uchun parvozlar amalga oshirgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 13-apreldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya kapitani Emelyanenko Vasiliy Borisovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1944-yilda Harbiy-Havo kuchlari akademiyasiga o‘qishga yuboriladi va o‘qishni oltin medal bilan tugatadi. Urushdan keyin M.V.Frunze nomidagi harbiy akademiyasida aviatsiya taktikasi kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan; harbiy fanlar nomzodi. 1973-yildan polkovnik unvoni bilan nafaqaga chiqadi, keyin iste’foga chiqadi.
2008-yil 24-fevralda Moskvada vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

"JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN" MEDALI

"KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN" MEDALI​