ERGASHEV YULDOSH
katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (24.12.1971)
1925-yil 5-sentabrda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi Safarobod qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. 8-sinfni tugatgan. Kolxozda brigadir bo‘lib ishlagan.
1943-yil fevral oyidan frontda. 327-gvardiya tog‘-o‘qchi polkining rota o‘qchisi (128-gvardiya tog‘-o‘qchi diviziyasi, alohida Primorskiy armiyasi) 1944-yil 12-aprelda Alushta shahri (Ukraina) yaqinidagi jangda birinchi bo‘lib dushmanning transheyalariga yorib kiradi, dushman pulemyot hisobiga granata otib 7 ta askari bilan yo‘q qiladi.
“Janglarda ko‘rsatgan jasorati va mardligi uchun” 1944-yil 6-iyunda oddiy askari Ergashev Yuldash III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 12-oktabrda Polshaning Sanok shahridan 40 kilometr janubda joylashgan Solinka qishlog‘i uchun jangda 327-gvardiya tog‘-o‘qchi polkining (128-gvardiya tog‘-o‘qchi diviziyasi, 1-gvardiya armiyasi, 4-Ukraina fronti) gvardiya oddiy askari Yu.Ergashev oldinga harakatlanib, 2 ta merganni va pulemyot hisobini yo‘q qiladi. Shu jangda yaralanadi.
1944-yil 14-dekabrda oddiy askari Ergashev Yuldash II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil may oyida Olomouts (Chexoslovakiya) shahri uchun bo‘lgan janglarda 327-gvardiya tog‘-o‘qchi polki (128-gvardiya tog‘-o‘qchi diviziyasi, 60-armiya, 4-chi Ukraina fronti) guruh komandiri gvardiya katta serjanti Ergashev 8 ta natsistni yo‘q qilib, 1 nafarini asirga oladi.
1945-yil 24-avgustda, gvardiya katta serjanti Ergashev II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan mukofotlangan.
1945-yilda Y.Ergashev zahiraga bo‘shatilgan. Vataniga qaytib, 1961-yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutini tamomlagan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 24-dekabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatilgan jasorati va qahramonligi uchun”, nafaqadagi katta serjant Ergashev Yuldash I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan mukofotlangan.
Safarobod qishlog‘idagi maktabda ishlagan.