SLOMOV MO`MIN ZOKIROVICH
serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (31.05.1945)
1923-yil 10-yanvarda Turkiston Muxtor Sovet Sotsialistik respublikasining Sirdaryo viloyati Xandaylik qishlog‘ida (1955-yilgacha – Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston viloyatining Bo‘stonliq tumani, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan.
1938-yilda maktabning 7-sinfini, 1941-yilda Toshkent pedagogika texnikumini tamomlagan. 1942-yil martda Bo‘stonliq harbiy komissarligidan xizmatiga, ixtiyoriy ravishda frontga ketgan. Yangi tashkil etilgan 120-o‘qchi o‘diviziyasiga qabul qilinadi.
Avgust oyi oxirida diviziya Stalingrad frontiga tashlanadi, Stalingrad shahrining shimolida jang qiladi, 1942-yil noyabrda general-feldmarshal Paulus qo‘shinlarini yo‘q qilish uchun “Uran” operatsiyasida qatnashadi. Janglarda 538-o‘qchi polkidagi “Maksim” pulemyotida yonaltiruvchi bo‘lib jang qilgan. 2 marta yaralangan. Davolanishdan keyin 21-alohida minomyot brigadasi 131-minamyot polkining tarkibida (1943-yil avgustdan – 35-gvardiya) jang qiladi. Kursk jangida qatnashgan.
1943-yil avgust oyining oxirida Bryansk yaqinidagi janglarda 3 marta yaralanadi. Sog‘aygach, 185-o‘qchi diviziyasi 280-o‘qchi polkida pulemyotchi bo‘lgan. Urush oxirigacha shu bo‘linma tarkibida jang qilgan.
1944-yil 9-10-avgustda Parchev shahri (Polsha) janubidagi janglarda dushmanning 3 ta o‘t ochish nuqtasini yakson qilib, o‘qchi qo‘shinlarining oldinga siljishini ta’minlaydi. Jangda pulemyot vzvodining halok bolgan komandirini almashtirib jang qiladi.
185-o‘qchi diviziyasining 1944-yil 21-avgustdagi buyrug‘i bilan kichik serjant Salamov Mo‘min Zokirovich III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
1944-yil 26-avgustda Grabe Nove (Varshava shahridan shimoli-sharqda, Polsha) aholi yashash punkti uchun jangda dushmanning 3 ta o‘t ochish nuqtasini yakson qilib, dushman qarshi hujumda 10 tagacha natsistni yo‘q qiladi. 1-sentabrda dushmanning 2 ta qarshi hujumini qaytarishda, 20 ga yaqin dushman askarini o‘ldiradi va ishg‘ol qilingan chiziqdan orqaga chekinmaydi.
1944-yil 27-sentabrdagi 47-armiyaning buyrug‘i bilan kichik serjant Salamov Mo‘min Zokirovich II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
Urushning so‘nggi bosqichida pulemyot hisobiga komandirlik qilgan. 1945-yil 1-martda Pirits qal’a shahrini shturm qilishda (Piritshe shahri, Polsha) devordagi yoriqdan qal’aga kirib, pulemyotni o‘rnatib, uylarga joylashib olgan dushmanga qarata o‘t ochadi va o‘z bo‘linmasining oldinga harakatini ta’minlaydi.
Pirits shahri uchun keyingi janglarda o‘qchi jangovar qo‘shinlari tarkibida, pulemyot bilan birga jang qiladi. 2-mart kuni shakar zavodi hududida, qarshi hujumni qaytaradi, dushmanning guruhga teng askarini yo‘q qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 31-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Salamov Mo‘min Zokirovich I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin armiyada, Ural harbiy okrugida xizmatni davom ettiradi.
1947-yil mart zahiraga bo‘shatilgan. Uyga qaytib, o‘z qishlog‘idagi Stalin maktabida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida ishhlagan. Shu bilan birga Toshkent pedagogika institutida o‘qigan, 4 kursni tamomlagan. 1954-yilda Chirchiqdagi Stalin (keyinchalik – “Elektrokimyosanoat”, hozir – “MAXAMCHIRCHIQ” OAJ) nomli elektr kimyo zavodida ishlagan.
1974-yil may oyida nafaqaga chiqqan. Bo‘stonliq tumani Tavaksoy qishlog‘ida yashagan.