VELICHKO ALEKSANDR IVANOVICH

serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to’liq sohibi (27.06.1945)

1925-yil 12-sentabrda Qozog‘iston Respulikasi Janubiy Qozogiston viloyati Ordabasin tumani Badam qishlog‘ida ishchi oilasida tavallud topgan. Ukrain. O‘rta maktabni 9-sinfini tamomlagan va janubiy Qozogistonda temir yo‘lda ishlagan.
1943-yil fevralda Janubiy-Qozogiston viloyati Arisskim harbiy komissarligidan Chirchiqdagi Toshkent pulimyot-minomyot harbiy bilim yurtiga jo‘natilgan, keyinchalik bilim yurti Termez shaxriga ko‘chirilgan.
1943-yil avgustdan Ikkinchi jahon urushi janglarida qatnashgan. Dnepra daryosini kechib o‘tish jangida boshiga oskolka tegib og‘ir yaralanadi.
Davolanib qaytgach 50-gvardiya o‘qchilar polkining minamyot rotasida 2- va 3-Ukraina frontlarida jang olib borgan.
1944-yil 17-aprel Dnestr daryosini kechib o‘tishda va Varnits (Moldaviya, Novoanensk tumani) qishlog‘ining o‘ng qirgo‘qlarida yo‘naltiruvchi A.I.Velichko dushman olovi ostida minamyot hisobini o‘q-dorilar bilan ta’minlab bergan. 18-aprel kuni dushman piyoda va tanklarining qarshi hujumida 85-mm minamyot bilan dushmanning yirik kalibirli pulemyotini va 20 ga yaqin dushman askarlarini yo‘q qilgan.
1944-yil 15-aprelda 15-gvardiya Xarkov o‘qchilar diviziyasi qismining buyrug‘i bilan gvardiya serjanti Velichko Aleksandr Ivanovich III-darajali “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 16 dan 18 yanvargacha bo‘lgan janglarda Pilitsa daryosini kechib o‘tishda va dushman mudofaasini yorib o‘tishda minamyot guruhi komandiri A.I.Velichko dushmanning 2 ta o‘t ochish nuqtasini va 7 ta askarini yakson qiladi va 5 tasini asir oladi.
21-yanvar kuni Kraytsburg tumani (Polsha, Klyuchbork) A.I.Velichko minamyot hisobi dushmanning 2 ta qarshi hujumini qaytargan.
5-gvardiya armiyasi qismining buyrug‘i bilan 1945-yil 2-aprel kuni Velichko Aleksandr Ivanovich II-darajali “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 16-aprel Muskay shaxridagi dushman mudofaasini yorib o‘tishda A.I.Velichko 2 ta otish nuqtasini va 7 ta dushman askarlarini yo‘q qilgan. Uning minamyot hisobi birinchilardan bo‘lib Neys daryosini kechib o‘tadi va o‘zining o‘t ochishi bilan asosiy kuchlarni harakatini qo‘lab-quvvatlaydi.
17-aprel kuni Vaysvasser (Germaniya) shaxri uchun janglarda dushmanning 2 ta pulemyot otish nuqtasini portlatgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatilgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Velichko Aleksandr Ivanovich I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
Zaxiraga bo‘shatilgach 1950-yil gvardiya starshinasi Velichko V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasiga joylashgan, 1955-yil Toshkent aviatsiya texnikumini tamomlab kompressor tamirlovchi mashinist bo‘lib ishlagan. Hozirgi vaqtda A.I.Velichko hizmat ta’tilida Toshkentning Maxmur mahallasida yashab kelmoqda. 4ta “Shuhrat” ordeniga  ega bo’lgan yagona tirik inson hisoblanadi.
I-darajali Ikkinchi jahon urushi (11.03.1985) va 3 ta toifadagi Shuhrat ordenlari, medallar shu qatorda “Jasorat”ordeni (15.02.1944) mukofotlari bilan taqdirlangan.

 

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI