SHALANDIN VALDEMAR SERGEYEVICH

gvardiya leytenant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (01.10.1944).

1924-yil 12-dekabrda Moskvada harbiy xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Rus. 1942-yilda Toshkent shahridagi o‘rta maktabni tugatgandan so‘ng, armiyaga chaqirilgani va Toshkentdagi tank maktabiga o‘qishga yuborilgan.
1943-yil fevralda, o‘qishni tugatgandan so‘ng, Voronej frontining 1-armiyasiga yuboriladi va 1-gvardiya tankchilar brigadasining tank vzvodi komandiri etib tayinlanadi.
1943-yil 6-iyulda Kursk janglarida leytenant V.S.Shalandin ekipaji bilan Yakovlevo (hozirgi Belgorod viloyati) yaqinida jangga kiradi. Pistirmadan turib, tankchilar 2 ta “Tigr” va 1 ta o‘rta vazindagi tankni yakson qiladi. Shu bilan birga, o‘zining tankiga ham snaryad tegadi, biroq yonayotgan tankni “Tigr” tomon to‘g‘ri to‘qnasuvga yo‘llaydi. Fashistlar tanki yonib ketadi, Sovet tankchilari ham butun ekipaji bilan halok bo‘ladi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI