SUROVSEV BORIS NIKOLAYEVICH

katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (30.10.1943)

1902-yil 6-aprelda (hozirgi Kirov viloyati) Malmij shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Maktabni 10 sinfini tamomlagan. Kirov pedagogika institutida tahsil olgan. U Malmij tumani komsomol komitetining kotibi, o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1935-yildan O‘zbekistonning Samarqand shahrida yashab, 45-maktabning o‘quv qismi bo‘yicha mudiri bo‘lib ishlagan.
O‘zbek SSRning Samarqand tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga 1924-1927-yillarda va takroran 1941-yilning dekabr oyida chaqirilgan. 1942-yilning aprel oyidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
99-alohida sapyor batalyonining bo‘linma komandiri bo‘lgan.
1943-yil 15-oktabrida Ukrainaning Chernigov viloyati Repkin tumanidagi Radul shaharchasi yaqinidagi Dnepr daryosidan kechib o‘tish paytida jonbozlik ko‘rsatib, o‘qchilar rotasini Dneprning o‘ng qirg‘og‘iga o‘tishini ta’minlagan. Shundan so‘ng dushman dzotini yakson qilishda ishtirok etdi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktabrdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Boris Nikolayevich Surovtsev Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Vzvod komandiri starshina B.N. Surovtsev 1944-yil 27-aprelda jangda halok bo‘lgan. U Belarussiyaning Gomel viloyatidagi Kalinkovichi shahrida dafn etilgan.
Samarqand shahridagi qahramon tug‘ilgan va yashagan uyga, shuningdek Kirov pedagogika instituti binosiga hotira yodgorligi o‘rnatilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI