SKOPIN PAVEL ALEKSEYEVICH

mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (06.29.1945)

 1902-yil 22-fevralda Savichi qishlog‘ida (hozirgi Kirov viloyati Orichevskiy tumanida) ishchi oilasida tug‘ilgan. Rus. Ota-onasining vafotidan keyin Bobinskiy bolalar uyida tarbiyalangan. Bobino qishlog‘idagi cherkov-maktabini bitirgan. 1914-yildan Vyatka shahridagi sud tergovchisining chopari, 1915-yil apreldan xususiy ustaxonada chilangar shogirdi, 1917yil apreldan Skopino qishlog‘ida cho‘pon, so‘ngra Vyatka temiryo‘l stantsiyasida ta’mirlash ishchisi va chilangar bo‘lib ishlagan.
1922-yil avgustidan Qizil Armiya safida. 1939-yil 18-iyuldan 29-avgustigacha Xalxin-Gol daryosida yapon militaristlari bilan bo‘lgan janglarda qatnashgan.
6-tank brigadasining 2-tank batalyonining komissari Pavel Skopin qo‘mondonlik vazifalarini namunali bajaradi, o‘zini yaxshi tashkilotchisi tank-jangchisi ekanligini isbotlaydi. 1939-yil 29-avgustda jangda og‘ir yaralangan, lekin yonma-yon jang qilayotgan piyoda polkni dushman qurshovidan to‘liq chiqib ketmagunicha jang qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1939-yil 17-noyabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, mayor Skopin Pavel Alekseevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1950-yilda polkovnik P.A.Skopin-kasalligi tufayli nafaqaga chiqgan. Farg‘ona shahrida yashagan. 1967-yil 9-sentabrda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI