IVANOVSKIY BORIS ANDREEVICH 
gvardiya kapitani, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (01.11.1943)

1912-yil 4-sentabr Tomsk shahrida ishchilar oilasida tug‘ilgan. Rus. Namangan shahrida (O‘zbekiston Respublikasi) yashab, mehnat qilgan. O‘rta ma‘lumotli.
1941-yil avgustda Qizil Armiya safida chaqirilgan. 1942-yilda Toshkent harbiy piyoda maktabini tugatgan va 1942-yilning kuzida Stalingrad frontiga kelgan. Fashistlarning Stalingradagi qo‘shinini qurshovga olishda qatnashgan. 1943-yil yanvar-fevral oylarida yangi tashkil etilgan Janubiy frontning 51-armiyasi tarkibida, vzvod komandiri leytenant Ivanovskiy Rostov viloyatidagi ko‘plab aholi punktlarini ozod qiladi.
1943-yil fevral oyida Ivanovskiy xizmat qilgan divizion (tez orada 108-gvardiya o‘qchilar diviziyasiga o‘zgartirilgan) dushman kuchli, chuqur mudofaani tashkil etgan Mius daryosiga chiqadi. O‘sha yerda diviziya Janubiy frontning 44-armiyasiga beriladi. 1943-yil mart oyida Ivanovskiy o‘qchilar rotasi komandiri etib tayinlanadi va katta leytenant unvonini oladi.
1943-yil avgustda Sovet qo‘shinlari Severskiy Donets va Miusda dushman mudofaasini yorib o‘tib, Donbassni ozod qilishga kirishadi. Dushmanning qarshiligini yengib, ular g‘arbga qarab harakat qilishadi. 40 kun davomida Janubiy frontning qo‘shinlari jang bilan 300 kilometrlik masofani bosib o‘tadi va Molochnaya daryosiga chiqadi.
Mashsqqatli yo‘l davomida 311-gvardiya o‘qchi polkining jangchilari doimo eng og’ir jang maydonlarida kapitan Ivanovskiyni ko‘rishgan. Batalyon komandirining o‘rinbosari bo‘lgan Ivanovskiy jangchilarni ilhomlantirish va olg‘a boshlashda shaxsan o‘zi namuna bo’la olgan. Hujum paytida bo’linmani mohirona boshqara olganligi uchun Ivanovskiy Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlangan. Molochnaya daryosining qirg‘og‘ida fashistlar mustahkam mudofaani yaratadilar – bu «Sharqiy devor» ning Shimoliy Tavriya va Qrimga yo‘llarini qamrab olgan eng mustahkam qismi edi. 1943-yil sentabr oyining oxirida Sovet qo‘shinlari dushmanning mudofaasini yorib o‘tib, Melitopol shahrini ozod qilish uchun Melitopol operatsiyasini boshlaydi.
1943-yil 30-sentabrda, jangda dushman Voroshilovka – Popasnaya shaharlari atrofida 311-gvardiya o‘qchi polkining o‘qchilar batalyonini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ladi. Dushmanning kuchli olovi ostida rota yerga yotishga majbur bo‘ladi. Qaltis vaziyat yuzaga keladi. Gvardiya kapitani Ivanovskiy «Chervony» qishlog‘ida (hozir Zaporijjya viloyati, Tokmanovskiy tumani, Koxanoe qishlog‘i) to‘xtab qolgan rotaning old qismiga etib boradi. Vaziyatni baholab, u jangchilarni janga boshlab dushman tayanch punktiga yorib kiradi. Qolgan bo’linmalar rota ortidan borishadi.Qizg‘in jangda batalyon Voroshilovkadan (hozirgi Pokrovskoye) dushmanni siqib chiqarib, u erga joylashib oladi. Dushman mudofaasida jiddiy yoriq hosil bo‘ladi.
Fashistlar bu yo‘qotishni qabul qila olishmay, bir nechta qarshi hujumlarni amalga oshiradi, lekin barchasi batalyon tomonidan qaytariladi. Shundan keyin dushman og‘ir tanklarni jangga tashlaydi. Gvardiya kapitani Ivanovskiy turgan pozitsiyaga «Tigr» tanki tez kirib keladi. Ivanovskiy shassi ostiga tankga qarshi granata otdi va mashinani to‘xtatadi, o‘zi ham jiddiy jarohat oladi. Birinchisidan keyin ikkinchi tank yaqinlashadi. Gvardiya kapitani Ivanovskiy granatani olib ikkinchi tank ostiga o‘zini tashlaydi.
Kapitan Ivanovskiy qo‘l ostidagi jangchilarning ko‘z oldida qilgan jasorati jangchilarni hujum qilishga undaydi. O‘sha kuni batalyon vazifani muvaffaqiyatli bajaradi. Melitopol ostonasidagi hujum davom etadi. 1943-yil 23-oktabrda shahar ozod qilinadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 1-noyabrdagi Farmoni bilan “Nemis bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni na’munali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan (o‘limidan so‘ng).
Qahramon Zaporijiya viloyati, Tokmakovskiy tumani, Pokrovskiy qishlog’idagi ommaviy qabrga dafn qilindi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI