MUXA GRIGORIY NIKIFOROVICH
mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (24.03.1945)
1912-yil 17-avgustda Dolgintsevo qishlog‘ida tug‘ilgan (hozirgi – Krivoy Rog shahrida). Nejinskiy qurilish va huquq kollejini tugatgandan so‘ng, temir yo‘lda ishlagan. 1933-1936 yillarda Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. Xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgach, O‘zbekiston SSRning Qarshi shahridagi temir yo‘lda ishlashni davom ettirgan. 1941-yil iyulda Muxa qayta armiyaga chaqirilgan. 1942-yil maydan Ikkinchi jahon urushi janglarida qatnashgan.
1944-yil may oyida kapitan Grigoriy Muxa 4-Ukraina fronti 51-armiyasi 417-o‘qchilar diviziyasi 1369-o‘qchilar polkida, rotaga komandirlik qilgan. Sevastopoldagi hujumida jonbozlik ko‘rsatgan. 1944-yil 7-mayda Muxa rotasi Sapun-Gorini shturm qilishda qatnashgan, 3ta yog‘och yer o‘q otish nuqtasini va dushmanning 50 nafar askar va ofitserlarini yakson qilgan, yana 12 nafarini asirga oladi. 8-may kuni birinchilardan bo‘lib uning rotasi Sevastopolga kirgan, dushmanning 70 dan ortiq askar va ofitserlarini, 3ta yuk mashinasini va 1ta zirhli transport vositalarini yo‘q qilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kapitan Grigoriy Muxa Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1959-yil 1-iyunda vafot etgan.