MURZAGALIMOV GAZIS GABIDULOVICH
kichik serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.02.1944)

1923-yil15-avgustda Boshqird Sovet Sotsialistik Respublikasi Argayash tumanining Nakayevo qishlog‘ida tug‘ilgan (hozirgi Chelyabinsk viloyatining Argayash tumani). Bashkir. Boshlang‘ich ta’lim olgan.
1942-yil maydan Qizil Armiya safida. Shu yildan boshlab Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan.
1943-yil 17-avgustda Xarkov viloyatining Dergachevskiy tumanidagi Polevaya qishlog‘i yaqinidagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan.
“75-tankga qarshi artilleriya polkining (1-mexanizatsiyalashgan korpus, 37-armiya, Dasht fronti) orudiya komandiri, hujum qilayotgan dushmanni artilleriya o‘qi bilan tarqatib yuboradi. 1943-yil 2-oktabrda Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati, Verxnedneprovskiy tumani, Mishurin Rog qishlog‘I yaqinidagi Dneper daryosidan kechib o‘tib, jasur artilleriyachilar dushmanning 12 ta tanklari va piyoda askarlarining hujumni to‘xtatadi va 1 ta tankni yo‘q qiladi”.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-fevraldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik serjant Murzagalimov Gazis Gabidulovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin zaxiraga bo‘shatilgan, 1973 yilgacha Samarqand shahrida yashagan va Samarqand shahridagi zavodda quyuvchi bo‘lib ishlagan. Keyin Chelyabinsk shahrida yashagan, traktor zavodining quyish sexida ishlagan.
1990-yil 11-iyunda vafot etgan. Chelyabinsk viloyati Derbishevo qishlog‘ida dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG‘ VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDA QOZONILGAN G‘ALABA UCHUN" MEDALI