MOISEYEV ALEKSANDR PETROVICH

gvardiya serjanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni

U 1920-yil 20-iyulda Novaya Jukovka qishlog‘ida (Saratov viloyatining Ekaterinov tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. 6-sinfni tugatgan. O‘zSSRda yashagan, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi “O‘zbek-ipak sanoati” korxonasida chilangar bo‘lib ishlagan.
1940-yilda u Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Ikkinchi jahon urushi janglarida birinchi kundan qatnashgan va maxsus muhandis sapyorlikni o‘rgargan. Moskvadan Konigsberggacha jangovar yo‘lni bosib o‘tgan.
Litva SSR hududidagi Neman daryosining kechib o‘tishdagi janglarda alohida jonbozlik ko‘rsatgan. 1944-yil 12-iyulda tarkibida sapyor Moiseyev bo‘lgan batalyon Lapitonning Alytus shahridagi Neman daryosiga chiqadi. 1944-yil 13-iyulga o‘tar kechasi serjant Moiseyev besh kishidan iborat guruh bilan birinchi bo‘lib dushman olovi ostida daryoni kechib o‘tadi. Kechuvda oyog‘idan yaralanadi, lekin topshiriqni bajarishda davom etgan. O‘ng qirg‘oqda, birinchi navbatda, qirg‘oqbo‘yi platsdarmni tozalaydi. Gvardiyachilar oldingi qo‘riqchilarni yo‘q qilib, okoplarni egallab olishadi va artilleriya oloviga yo‘nalish bergan. Dushmanning olovini o‘ziga jalb etib, qolgan asosiy rota va batalyon kuchlarini Neman kechib o‘tishini ta‘minladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya serjanti Moiseyev Aleksandr Petrovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1987-yil 2-oktabrda vafot etdi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI