MASHKOV IGOR ANATOLEVICH

oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (22.02.1944)

  1924-yil 23-fevralda Baxmut shahrida tug‘ilgan. Osetin, maktabni to‘qqizinchi sinfni tugatgandan so‘ng Samarqandda kinomexanik bo‘lib ishlagan. 1942-yilda Mashkov O‘zbekiston SSSR Samarqand shahar harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan, shu yildan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
1943-yil sentabrga qadar Qizil Armiya gvardiyachi askari Igor Mashkov Dasht frontining 37-armiyasi 62-gvardiya o‘qchilar diviziyasi 182- gvardiya o‘qchilar polkining o‘qchisi bo‘lgan. Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan. 1943-yil 28-sentabrda Mashkov Dneprni birinchilardan bo‘lib Ukraina SSR Dnepropetrovsk viloyati Verxnedneprovskiy tumani Mishurin Rog qishlog‘i yaqinida kechib o‘tadi va uning g‘arbiy sohilidagi pozitsiyani qo‘lga kiritish va uni ushlab turishda faol qatnashadi. Shu jangda shaxsan dushmanning 30dan ortiq askar va ofitserlarini yo‘q qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-fevraldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” oddiy askar Igor Mashkov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdiqlanadi.
1961-yil 6-mayda vafot etgan, Odessada dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"2-DARAJALI KUTUZOV" ORDENI