MAHMUDOV JURA

serjanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,  Sovet Ittifoqi qahramoni (27.02.1945)

1915-yil 16-iyunda Shilkim qishlog‘ida (hozirgi – Samarqand viloyati Ishtixon tumani) tug‘ilgan. Maktabning ettinchi sinfini tugatgandan so‘ng kolxozda ishlagan. 1937-yildan boshlab yo‘l qurilishida usta bo‘lib ishlagan. 1941-yil iyul oyida Mahmudov Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1944-yil apreldan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
1945-yil yanvariga qadar gvardiya serjanti Jura Maxmudov 1-Belorussiya frontida 7-gvardiya kavaleriya korpusining 15-gvardiya kavaleriya diviziyasining 57-gvardiya kavaleriya polkida pulemyot hisobini boshqargan. Polshani ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan.
1945-yil 23-yanvarda Mahmudovning pulemyot hisobi birinchilardan bo‘lib Kalish shahri yaqinidagi Prosna daryosi kechib o‘tadin, g‘arbiy sohilidagi platsdarmni egallab olish va ushlab turish uchun olib borilgan janglarda faol ishtirok etadi, bu asosiy kuchlarning muvaffaqiyatli kechuvni amalga oshirishga yordam beragan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-fevraldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” serjant Jura Maxmudovga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"1941-1945 YILLAR VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA" MEDALI

"BERLINNI ZABT ETGANLIGI UCHUN" MEDALI