NO’G’AYEV NADJIB NO’MONOVICH
kichik serjanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (26.10.1943)
1910-yilda Staraya Kulatka (hozirgi Ulyanovsk viloyati) qishlog‘ida tug‘ilgan. Qishloq maktabini tugatgach, avval o‘z vatanida, so‘ngra O‘zbekiston SSRning Shahrisabz, Buxoro va Termiz shaharlarida ishlagan. 1941-yil oktabr oyida Nugayev Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan.
1943-yil may oyidan boshlab Ikkinchi jahon urushida Dasht frontining
7-gvardiya armiyasi 1669-sonli tankga qarshi artilleriya polki 76 millimetrli orudiya yo‘naltiruvchisi bo‘lgan. Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan.
1943-yil 5-oktabrda Nugayev artilleriya hisobi Ukraina SSR Dnepropetrovsk viloyati Verxnedneprovskiy tumani Borxayevka qishlog‘i yaqinida Dneperning g‘arbiy sohilidagi platsdarmda nemislaning qarshi hujumini qaytarishda qatnashadi va 4ta dushman tankini yakson qiladi. Jangda Nugayev yaralanadi, lekin jangni davom ettiradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 26-oktabrdan Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” kichik serjant Nadjib Nugayevga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Shahrisabzda yashab, mehnat qilgan. 1946-yil 6-mayda vafot etgan.