LIPCHANSKIY IVAN KARPOVICH
starshina, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (06.29.1945)
1912-yil 15-fevralda Gosudarstvennaya qishlog‘ida tug‘ilgan (hozirgi Sovetskaya, Kirovskiy tumani, Stavropol o‘lkasi). O‘rta maktabni tugatgach, sovxozda haydovchi bo‘lib ishlagan. 1941-yil iyunda Qizil Armiyaga xizmat qilish uchun O‘zbekiston SSSRning Samarqand shahar harbiy komissarlgi tomonidan chaqirilgan.
O‘sha yil iyuldan – Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. 1945-yil aprelga qadar 3-Belorussiya frontining 11-gvardiya armiyasi 83-gvardiya o‘qchi diviziyasi 248-gvardiya o‘qchi polkining pulimyotchisi bo‘lgan. Sharqiy Prussiyadagi janglarda jonbozlik ko‘rsatgan.
1945-yil 26-aprelda Lipchanskiy 25 jangchidan iborat guruh tarkibida Frishe-Nehrung yarim orolidan (hozirgi Boltiqbo‘yi) o‘tadi va shu yarim orol uchun dushman bilan bo‘lgan jangda faol qatnashadi. Safdoshlari bilan 8 ta o‘q otish nuqtasini yo‘q qiladi va birqancha nemislarning qarshi hujumlarini qaytaradi, dushmanning 17 ta askarini shaxsan o‘zi yo‘q qiladi va yana 9 tasini asirga oladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 29-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, starshina Lipchanskiy Ivan Karpovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
G‘alaba paradining ishtirokchisi. Urushdan keyin Lipchanskiyning starshina unvoni bilan zaxiraga bo‘shatilgan. Urushdan keyin ko‘p yillar davomida Samarqand superfosfat zavodida ishlagan. Nalchikka ko‘chib o‘tagan. 1988-yilda vafot etgan.