SHELUXIN NIKOLAI PROKOFIEVICH

starshina, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (03.06.1944)

 1922-yil 11-dekabrda Lvovka qishlog‘ida (hozirgi Saratov viloyatining Arkadak tumani) tug‘ilgan. Rus. 1939-yilda Astraxan texnikumiga o‘qishga kirib, 2 ta kursni to‘liq tugatgan va 1942-yil yanvardan o‘qishni tugatmasdan (3-kursdan), qisqartirilgan dasturga ko‘ra Astraxan harbiy piyoda bilim yurtini tugatgan.
1942-yildan Qizil Armiya safida. Ikkinchi jahon urushida Voronej frontining 41-armiyasi, 206-o‘qchi diviziyasi, 737-o‘qchi polkida avtomatchilar rotasi komandiri bo‘lgan. Ostrogoj-Rossoshansk hujum operatsiyasida, Kursk jangida, Ukrainaning chap sohilini, Polshani, Chexoslovakiyani ozod qilishda qatnashgan. Janglarda 2 marta jiddiy yaralangan – 1943-yil 15 yanvarda Ostrogojsk yaqinida va 1943-yil 23 oktabrda Dneper daryosini kechib o‘tishda, Kanev shahri yaqinida.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 3-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, leytenant Sheluxin Nikolay Prokofevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1944-yil mart oyida nogironligi tufayli armiyadan zaxiraga bo‘shatiladi, lekin shu yilning kuzida o‘z ixtiyori bilan frontga ketadi va urush oxirigacha jang qiladi.
1946-yilda sog‘lig‘i sababli zahiraga bo‘shatilagan. 1952-yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini tamomlagan, Orsk stantsiyasida lokomotiv deposida muhandis bo‘lib ishlagan. 1969-yil 14-oktabrda vafot etgan, Orskda dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI