ERGASHEV SHARIF

oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (30.10.1943)

1915-yil 19-dekabrda (1916-yil 1-yanvar) Buxoro amirligining Denov qishlog‘ida tug‘ilgan (hozirgi Buxoro viloyati Peshku tumani). Boshlang‘ich maktabda ta’lim olgan, kolxozda ishlagan.
1943-yilda Buxoro viloyati Vobkent tumani harbiy komissarligi tomonidan Armiyaga chaqirilgan. Shu yilning fevralida Markaziy frontning 65-armiyasi, 193-o‘qchilar diviziyasi 1-o‘qchilar batalyoni o‘qchisi sifatida frontga jo‘natilgan.
1943-yil 15-oktabrda shturm guruhi tarkibida birinchilar qatorida Ukrainaning Chernigov viloyati Repkin tumani Kamenka qishlog‘i yaqinidan Dnepr daryosini kechib o‘tgan va dushman transheyasiga bostirib kirgan. Jangda yaralanadi, lekin jangovor topshiriq bajarilmaguncha safda qoladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktabridagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, oddiy askar Sharif Ergashev Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1978-yil 5-dekabrida vafot etan, Navgaxon MFY Denov qishlog‘i “Xo‘ja chorshanba” qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI