QOSIMXO’JAYEV SAIDUSMON
katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (16.10.1943)
1915-yil 2-mayda Toshkent viloyati Kavardan qishlog‘ida tug‘ilgan.
O’rta ma’lumotni olgach, kolxozda ishlagan. 1938-yilda Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. Ikkinchi jahon urushida Markaziy frontning 13-armiyasi 8-o‘qchilar diviziyasi 229-o‘qchilar polkda vzvod komandiri yordamchisi bo‘lgan. Desna, Pripyat va Dneprni kechib o‘tishda jonbozlik ko’rsatgan.
1943-yil 11-sentabrda vzvodi bilan birinchilardan bo‘lib Ukraina SSR Chernigov viloyatining Korop tumanidagi Obolon qishlog‘ida Desna daryosini kechib o‘tadi, nemis transheyasiga yorib kirib, 20ga yaqin nemis askarlari va ofitserlarini qirib tashlaydi.
25-sentyabr kuni Pripyat yaqinida, guruhga bosh bo‘lib nemislarning front ortiga o‘tib, Kiyev viloyatining Chernobil tumanidagi Koshevka qishlog‘i garnizoniga hujum qiladi. Kutilmagan hujumdan dushman ortga chekinadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 16-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” katta serjant Qasimxodjayev Saydusman Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.