SHARABARIN NIKOLAY ALEKANDROVICH

oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (29.10.1943)

1907 yilning 10 martida Ust-Kamenogorsk shahrida tug‘ilgan (hozirgi Oskemen – Qozog‘stonning Sharqiy Qozog‘ston viloyatining ma’muriy markazi hisoblanadi). Boshlang‘ich maktab va konchilik kurslarini tugatgan. Qozog‘iston SSRning Sharqiy Qozog‘ston viloyati Samara tumanidagi shaxtada konchi va tog‘ ustasi sifatida ishlagan.
1928-1930 yillarda Qizil Armiyada xizmat qilgan. 1942 yilning iyul oyida O‘zbekiston SSRning Samarqand shaxar harbiy komissariyati tomonidan frontga chaqirilgan.
1943 yilning 1 oktyabrida 529-chi o‘qchi polkining o‘qchisi Nikolay Sharabarin Ukraina poytaxti Kiyevning janubiy chekkasida joylashgan Jukovka orolidagi Dnepr daryosidan birinchilardan bo‘lib razvedka guruhi bilan kechib o‘tadi va “til” ni asirga oladi.
Platsdarmda bo‘lgan jangda yaralangan guruh komandirini almashtirib, dushman qarshi hujumlarini qaytarishda faol ishtirok etadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943 yilning 29 oktyabridagi Farmoniga binoan Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
2002 yil 12 martda vafot etgan. Palatsi qishlog‘ida dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"MEHNAT QIZIL BAYROG‘I" ORDENI