SHAIMOV SHADI (SHADA)
oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (24.03.1945)
1925-yilda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi Arabon qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. 5-sinfni bitirgan. Kolxozda ishlagan.
1943-yil sentyabrda O‘zbekiston SSRning Shahrisabz tuman harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1944-yilning yanvar oyidan frontda jang qilgan. 385-o‘qchilar diviziyasining 1266-o‘qchilar polkida jang qilgan. U Belorusiyani ozod qilish uchun bo‘lgan janglarda jonbozlik ko‘rsatgan.
1944-yil 27 iyunda dushmanni taqib qilayotgan 385-o‘qchilar diviziyasi 1266-o‘qchilar polkining 2-o‘qchi batalyoniga, Mogilev viloyatining Mogilev tumanidagi Dashkivka qishlog‘i yaqinidagi Dogep daryosini kechib o‘tish va o‘tish joyini asosiy kuchlar kelguncha ushlab turish vazifasi yuklanadi.
Dushmanning shiddatli hujumi batalyonni daryoga yaqinlashishiga imkon bermaydi. Ixtiyoriy ravishda guruh bilan o‘ng qirg‘oqqa o‘tadi. O‘zi bilan avtomat va granatalarni olib, birinchilardan bo‘lib dushman qarshiligi ostida daryodan suzib o‘tadi. Ularni payqab, dushman ularni yo‘q qilishga o‘qchilar guruhini yuboradi. Kun davomida dushmanning kichik guruhlarining qarshi hujumlarini qaytaradi. Kun oxirida dushmanning o‘t ochish nuqtasini aniqlaydi va ularga qarata o‘q uzadi, natijada dushman safida tartibsizlik yuzaga keladi. Dushman tomonidan o‘q otish sustlashganidan foydalangan holda, batalyon qo‘mondonligi rotani Dneprdan o‘tish kerak ekanligini aytadi va rota qo‘shilib, dushman istehkomlariga hujumga o‘tadi va dushmanning 13ta askarini yo‘q qiladi. Platsdarmni kengaytirish uchun bo‘lgan qo‘l jangida Shoimov og‘ir yaralanadi va 1944-yil 28 iyunda vafot etadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” oddiy aska Shadi (Shada) Shaimovr Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (o‘limidan so‘ng).