CHUPIKOV PAVEL FYODOROVICH
aviatsiya polkovnigi, Ikkinchi jahon urush qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (19.08.1944)
1913-yil 21-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Maktabni tugatgandan so‘ng 1929-yilda Toshkent porovozlarni ta’mirlash zavodida ishlagan.
1931-yil may oyidan boshlab Qizil Armiya safida xizmat qilgan. 1932-yilda Volsk shahridagi 2-harbiy aviatexniklar maktabini bitirgan. 1932-yil avgustidan Ukraina harbiy okrugida 31-havo eskadriliyasida xizmat qilgan.
1934-yilning aprelida eskadrilya to‘liq tarkibda Krasnoyarska o‘tkaziladi. 1937-yilning noyabridan Uzoq Sharqda Uzoq Sharqiy Armiya Maxsus Qizil Bayroqdor 31-Aviatsiya eskadrilyasida, 1938-yilning iyunidan – 1-chi Qizil Bayroq Armiyasi Havo kuchlarida eskadrilyasida xizmat qiladi. 1938-yilning iyul-avgust oylarida Xassan ko‘lidagi janglarda qatnashgan, Qizil yulduz ordeni bilan taqdirlangan.
1939-yilning yanvarida Chitadagi uchuvchilarning 30-harbiy uchuvchilar maktabiga o‘qishga yuboriladi, tez orada Rostov viloyatiga ko‘chirilgan va A.K.Serov nomidagi Batay aviatsiya uchuvchilar maktabiga aylantirilgan.
1939-yilning dekabridan 1940-yilning iyul oyigacha A.F.Myasnikov nomidagi Kachin harbiy aviatsiya maktabida o‘qigan. O‘qishni tugatgandan so‘ng Odessa harbiy okrugi harbiy-havo kuchlarining 160-zaxira aviatsiya polkining katta uchuvchisi etib tayinlanadi, 1940-yilning oktabr oyida Orlov harbiy okrugi harbiy-havo kuchlarining 170-qiruvchi aviatsiya polkiga eskadriliya komandirining adyutanti etib tayinlanadi.
1941-yil 23-iyundan Ikkinchi jahon urushi janglarida qatnashgan. Polk I-16 qiruvchi samolyotilarida G‘arbiy frontdagi 47 va 23-aralash aviatsiya diviziyalari tarkibida jang qiladi. 1941-yil 25-iyunda, urushning to‘rtinchi kunida, Lepel yaqinida dushman guruhidagi nemis bombardimonchi samolyotini urib tushirib, birinchi g‘alabasiga erishadi. G‘arbiy Belorussiyadagi Chegara va Smolensk og‘ir janglarida polk deyarli barcha samolyotlarini yo‘qotadi va qayta tashkil etiladi.
1941-yil 30-avgustda LaGG-3 qiruvchi samolyotlari bilan to‘ldirilib va qayta tayyorgarlikdan so‘ng, polk bilan, lekin Janubiy frontda Harbiy Havo kuchlarining 9 va 57-armiyalari tarkibida jangga kiradi.
1941-yil sentabrda 170-qiruvchi aviatsiya polkining shturmani etib tayinlanadi. Donbass-Rostov mudofaa, Rostov va Barvenkovo-Lozovskiy hujum operatsiyalarida, Xarkov jangida, Voronej-Voroshilov shahri mudofaa operatsiyalarida qatnashgan.
1942-yilning iyulidan – Janub, Kavkaz va Shimoliy Kavkaz frontlarida 4-chi havo armiyasining 40-qiruvchi aviatsiya polka komandiri bo‘lgan. Polk Kavkaz jangida qahramonona kurashadi va 123ta dushman samolyotini yo‘q qiladi (ularning 95 tasi havo janglarida urib tushiriladi), polk 52 samolyotini yo‘qotgan.
1943-yil aprel oyidan boshlab Voronej frontining 2-havo armiyasi tarkibida bo‘lgan (oktabrdan – 1-Ukraina fronti). Polk Kursk va Dnepr janglarida muvaffaqiyatli jangler olib borgan.
1943-yil 31-oktabrdan – 2-havo armiyasining 8-gvardiya qiruvchi aviatsiyasi diviziyasi komandiri o‘rinbosari, diviziya komandiri vazifasini bajaruvchi (1943 yil 5 dekabrgacha) bo‘lgan.
1944-yil martidan urush tugagunga qadar – 1-Belorussiya frontida 16-havo armiyasining 19-qiruvchi aviatsiya polki komandiri bo‘lgan. Belorusiya, Serotskiy, Vistula-Oder, Sharqiy Pomeraniya va Berlindagi hujum operatsiyalarida polkni boshqargan.
1944-yilning avgustigacha, 19-qiruvchi aviatsiya polkining komandiri polkovnik P.F.Chupikov 388 ta jangovar parvozni amalga oshiradi va havo janglarida dushman samolyotlaining 72 tasini shaxsan o‘zi va 8 tasini guruh tarkibida urib tushirgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 19-avgustdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, aviatsiya polkovnigi Pavel Fyodorovich Chupikov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1987-yil 23-iyunda Moskvada vafot etgan. Kuntsevskiy qabristoniga dafn qilingan.