CHERNIKOV SERGEY FEDOROVICH
mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)
1914-yilda Toshkentda tug‘ilgan, o‘sha yerda yashab, mehnat qilgan. 1941-yilg 15-sentabrda Toshkentning Lenin tuman harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan.
391-o‘qchilar diviziyasi 951-artilleriya polkida vzvod komandiri bo‘lgan, Kalinin, Shimoli-G‘arbiy va 2-Boltiqbo‘yi fronlarida jang qilgan.
1942-yil 27-sentabrda Kulikovo qishlog‘i yaqinidagi janglarda uning polki qurshovga tushib qoladi. Vaziyatni o‘rganib, Chernikov yaradorlar va o‘lganlarni evakuatsiyasini tashkillashtirgan holda batareyani qurshovdan olib chiqadi.
1943-yil 18-yanvarda Nasva-Kiselevichi-Zabolote stansiyasi uchun janglarda uning polklari dushmanning oltita qarshi hujumini qaytaradi. 1944-yil 1-yanvarda Sedurino yaqinida dushmanning kuchli mudofaasini yorib kirada, divizion artilleriya ta’minoti rejasini (olovini) bajaradi va dushmanga katta talafot etkazadi.
391-o‘qchilar diviziyasi 951-artilleriya polkining 10-divizion komandiri, Latviya hududidagi janglarda jonbozlik ko‘rsatadi.
1944-yil 26-iyul kuni Rejisa shahri uchun bo‘lib o‘tgan janglarda pushkani to‘g‘ridan-to‘g‘ri otishga qo‘yib 7 ta pulemyot, 2 ta snayper va 60 dan ortiq dushman askarlari va ofitserlarini yo‘q qiladi.
Yo‘qotishlardan so‘ng, dushman chekinishni boshlaydi. Ilgarilayotgan piyodalar safiga qo‘shilishga harakat qilayotganda og‘ir yaralanadi.
391-o‘qchilar diviziyasi 473-alohida tibbiy-sanitar batalyonida (Sprukti qishlog‘i, hozir Chernay volost, Rezekne tumani, Latviya) jarohatlardan vafot etadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, mayor Sergey Fedorovich Chernikov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (vafotidan so‘ng).