HAKIMOV NE’MATJON

oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (06.05.1965)

1924-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. U o‘rta maktabning 7-sinfini va pedagogika bilim yurtini tamomlagan. U mahalliy zavodda ishlagan.
1943-yil avgust oyida Andijon shahar harbiy komissariati tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirildi. O‘sha yilning sentyabr oyidan beri Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. U 8-gvardiya kavaleriya diviziyasining 115-gvardiya kavaleriya polki tarkibida jang qilgan. U Ukrainaning ozod qilinishiga oid janglarda qatnashgan.
1944-yil 28-yanvar kuni tongda 115-kavaleriya polkining ikkita eskadroni Kozlinichi qishlog‘i yaqinidagi Stir daryosidan kechib o‘tib, 193,0 tepalikni egallab oldi. Ellik nafar sovet askarlari 45 millimetrlik ikkita to‘p va to‘rta tankga qarshi raketalar bilan fashistlarning bir qancha qarshi hujumlarini qaytarishdi.
Ushbu janglarda pulemyotchilar Hakimov va Yershov hisobi jonbozlik ko‘rsatishdi. Dushman tanklari bizning pozitsiyamizga bir necha marta hujum qilishdi, ammo piyoda askarlari yordamisiz pulemyotchilar o‘qi yordamida talofot korib, ortga chekinishdi. Beshinchi qarshi hujum paytida 2 og‘ir «tigr» tanklari 14 ta yengil tanklar himoyasida balandlik tomon harakatlandi. Ular pulemyot hisobi pozitsiyasini o‘qqa tutishdi. Tankka qarshi raketalarning o‘qlari tugadi va tanklarni hech narsa bilan to‘xtatib bo‘lmasdi.
Ushbu og‘ir vaziyatda tanasiga granatalarni bog‘lab olgan Qizil Armiya askari Yershov yaqinlashib kelayotgan «tigr» tanki zanjirli tasmasining ostiga o‘zini tashlaydi. Hakimov undan o‘rnak olib ikkinchi «tigr» tankining ostiga o‘zini otadi. Qolgan tanklar ortga chekindi. Ular o‘z hayotlarini havf ostiga qo‘yib o‘z birodarlarini qutqardilar va platsdarmi qo‘ldan boy bermaslikka hissa qo‘shdilar. 8-gvardiya kavaleriya diviziyasining asosiy kuchlari daryoni kechib o‘ta boshladilar.
U halok bo‘lgan jang maydonida Kozlinichi qishlog‘i yaqinidagi qabristonga, keyinchalik esa Volin viloyati, Manevichi tumani, Eski Chartoriysk qishlog‘ida birodarlar qabristoniga qayta dafn qilindi.
1963-yilda Hakimov Nematjon va Yershov Viktor Yegorovichlarga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonini berish uchun Volin viloyati harbiy komissarligi taqdimnoma yubordi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1965-yil 6-maydagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, oddiy askar Nematjon Hakimov vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Ularning sharafiga, ular jasorat ko‘rsatgan Eski Chartoriysk qishlog‘i yaqinidagi 193.0 tepalikka yodgorlik o‘rnatilgan. Qahramonning byustlari Manevichi qishlog‘ida, hamda Andijon shahridagi Ozodlik maydonida 32-sonli maktablar yaqinida o‘rnatilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI