URJUNTSEV KONSTANTIN ISAAKOVICH
gvardiya mayori, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (23.02.1948)
1908-yil 24-dekabrda Toshkentda dehqon oilasida tug’ilgan. O’rta maktabning 7-sinfini tamomlagan. 1930-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Kichik aviatsiya mutaxassislari maktabini, hamda 1936-yilda Odessa uchuvchilar harbiy bilim yurtini tamomlagan. Sovet-Fin urushida qatnashgan.
1941-yil avgustdan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1945-yil mayga kelib, Urjuntsev 208 ta jangovar parvozni amalga oshiradi va dushmanning tirik kuchi va texnikalariga juda katta zarar yetkazadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1948-yil 23-fevraldagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya mayori Urjunsev Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Kiyevda yashagan. 1977-yil 4-martda vafot etgan.