TO’RAYEV JO’RAQUL
kichik serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (29.03.1944)

1922-yil 20-martda Kaliya qishlog‘ida (hozirgi Jizzax viloyati Jizzax tumani) tug‘ilgan. Maktabning yettinchi sinfini tamomlagach, jamoa xo‘jaligida ishlagan. 1941-yilda To‘rayev Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. Shu yildan Ikkinchi jahon urushida jang qilgan.
1943-yil dekabrda kichik serjant J.To‘rayev (Belorussiya fronti, 65-armiya, 4-hujum artilleriya korpusi 12-hujum artelleriya diviziyasi) 46-yengil artilleriya brigadasi 1007-yengil artelleriya polki to‘p yo‘naltiruvchisi bo‘lgan.
Belorussiya SSRning Gomel viloyatini ozod qilishda alohida jonbozlik ko‘rsatgan. 1943-yil 21-dekabrda To‘rayevning xisobi Goroxovishe qishlog‘i yaqinidagi janglarda qatnashgan va 5 ta tankni yakson qilgan. Jangda To‘rayev yaralandi, biroq o‘t ochishni davom ettirdi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 29-martdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik serjant Jo‘raqul To‘rayev Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Jizzaxda yashab, faoliyat yuritgan. 1998-yilda vafot etib, Jizzax shahri «Qaliya» qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI