SIROTINKIN VASILIY IVANOVICH

gvardiya leytenanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,  Sovet Ittifoqi Qahramoni (19.03.1944)

1923-yil 29-dekabrda Visokoye qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. Shatskiy nomidagi pedagogika bilim yurtining 2-kursini tamomlagan. 1941-yil noyabrda Toshkent shahar harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil fevral oyida Toshkentdagi kichik leytenantlarning radio-telegraf kursini tamomladi.
1942-yil fevral oyidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Havo-desant brigadasining ratsiya boshlig‘i bo‘lgan. Janubi-G‘arbiy, Stalingrad va 3-Ukraina frontlarida jang qilgan. U bo‘linma komandiridan o‘qchilar batalyoni komandirining siyosiy qism bo‘yicha o‘rinbosarigacha bo‘lgan lavozimlarni egallagan.
3-Ukraina Fronti 8-gvardiya armiyasi 39-gvardiya o‘qchilar diviziyasi 120- gvardiya o‘qchilar polki batalyoni komandirining siyosiy qism bo‘yicha o‘rinbosari gvardiya leytenanti Vasiliy Ivanovich Sirotinkin 1943-yil 24-oktabriga o‘tar kechasi birinchilardan bo‘lib, Dnepropetrovsk shahri janubida Dnepr daryosidan kechib o‘tdi. Batalyon jangga kirdi va qulay marrani egallab oldi. Bir sutka davomida 22 nafar ko‘ngillilardan iborat guruh dushmanning 10 ta qarshi hujumini qaytarib, batalyonning daryodan kechib o‘tishini ta’minladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 19-martdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya leytenanti Sirotinkin Vasiliy Ivanovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1944-yil mart oyida zaxira o‘qchilar polkining komsomol tashkilotchisi bo‘lgan. 1945-yil oktabr oyidan o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullangan. 1975-yilda unga general-mayor unvoni taqdim etilgan. Tarix fanlari nomzodi, dotsent bo‘lgan.
1986-yil sentabr oyidan iste’foga bo‘shatilgan.
2008-yil 9-avgustda Sankt-Peterburg shahrida vafot etgan va Pesochniy (Sankt-Peterburg) qishlog‘ining qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"VATANGA HIZMATI UCHUN" ORDENI

"V.I.LENIN TAVALLUDINING 100 YILLIGI" MEDALI