UMAROV SHОDMON UMAROVICH

kapitan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)

    1918-yil 27-oktyabrda Urus qishlog‘ida (hozirgi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani) tug‘ilgan. O‘zbek. Maktabning 6-sinfini tugatgan.
    1938-yilda Kitob okrugi harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Piyodalar qoshinida xizmat qilgan. 1942-yilda Tbilisi harbiy piyodalar maktabini tamomlagan. 1942-yil iyundan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1944-yilda «Otish» kursini tamomlagan.
    1944-yil yozda gvardiya kapitani Umarov 266-gvardiya o‘qchilar polkining 3-o‘qchilar batal’oni komandiri bo‘lgan. Ukraina va Polshaning ozod qilinishida jonbozlik ko‘rsatgan.
    Kovel shahrida yaqinida hujum batal’oni shiddatli janglar bilan dushmanning uzoq muddatli mudofaasini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘ladi. Vishnyuv-Lyuboml tumani hududida, batal’on dushmanni aholi punktidan siqib chiqarib, temir yo‘l bekatini egallab oladi va ko‘cha janglarida dushmanni butunlay qirib tashlaydi.
    Yanvar oyining o‘rtalarida batal’on Sebilyuvka hududida dushmanning mudofaasini yorib kirdi. 25-yanvar kuni Vayssenburg qishlog‘ida Varta daryosini kechib o‘tadi. Jangchilar chap qirg‘oqdagi platsdarmni egallab olib, 9 soat davomida dushmanning 7 ta hujumini qaytaradi va qolgan bo‘linmalar kelguniga qadar pozitsiyalarini boy bermaydi. Shu platsdarmdan diviziya hujumga o‘tib, Vayssenburgni ozod qiladi.
     SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kapitan Shodmon Umarovich Umarov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
    Toshkent shahrida yashagan. 1984-yil 2-fevralda vafot etgan. Toshkentdagi birodarlar qabristonining qahramonlar xiyoboniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1-DARAJALI SSSR QUROLLI KUCHLARIDA VATANGA XIZMAT QILGANI UCHUN" ORDENI