RZYANIN DENIS FILIPPOVICH

 serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (22.02.1944)

 1910-yil 1-sentabrda Korostylevo (hozirgi Tambov viloyatining Muchkap tumani) qishlog‘ida tug‘ilgan. Boshlang‘ich maktabni tugatgach, Toshkentda yashagan, haydovchi bo‘lib ishlagan. 1942-yilda Ryazanin Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. Shu yildan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.

1943-yil noyabrga qadar Qizil Armiya gvardiya jangchisi Denis Rzyanin
3-Ukraina fronti, 6-armiyasi, 35-gvardiya minometchilar polki, 245-gvardiya minomyotchilar diviziyasining “BM-13” jangovar mashinasining haydovchisi bo‘lgan.

Dnepr jangida jonbozlik ko‘rsatgan. 1943-yil 17-noyabrda, Xortitsa oroli yaqinidagi Dneprni kechib o‘tishda, mashina joylashgan ponton shikastlanadi, Ryanin Katyushani pontonni tuzatib “katyushani” cho‘kib ketishini oldini oladi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-fevraldagi Farmoni bilan “Nemis bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni na’munali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” oddiy askari, Denis Ryazyan Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi.

Toshkentda yashab, mehnat qilgan. 1989-yil 6-dekabrda vafot etgan va Toshkent harbiy qabristoni, qahramonlar xiyoboniga dafn qilindi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI

"LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN" MEDALI