PYATKOVSKIY IVAN MAKSIMOVICH
kapitan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (30.10.1943)
1913-yil 19-yanvarda Aktyubinsk tumanidagi Astraxanovka qishlog‘ida (hozirgi Qozog‘iston Respublikasi Aqtube viloyati) dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. To‘liqsiz o‘rta maktabni va Toshkent aloqa texnikumini tamomlagan. 1935-1937 yillarda Qizil Armiya safida xizmat o‘tagan. O‘zbek SSRning Toshkent viloyati Quyi-Chirchiq tumanida yashagan. Turkiston-Sibir temir yo‘lida faoliyat yuritgan.
Toshkent viloyatining Quyi-Chirchiq harbiy komissarligi tomonidan takroran Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1941-yil 25-dekabrda Chirchiqda tuzilgan 69-o‘qchi diviziyasiga yuboriladi. Qisqa muddatli kichik leytenantlar kurslarini tugatadi va 41-alohida aloqa batal’onining vzvod komandiri etib tayinlanadi (keyinchalik batal’on alohida rotaga aylantiriladi). 1942-yil aprel oyida diviziya tomonidan eggallagan pozitsiyalar 1943-yil yanvar oyigacha qo‘ldan boy berilmaydi va 1943-yil fevral oyida Dmitrovsk-Orlovsk ostonasiga tashlanadi va Markaziy frontning 65-armiya tarkibiga kiritiladi. Diviziya Sevskiy yo‘nalishi bo‘yicha hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda jonbozlik ko‘rsatadi. 120-o‘qchi polki Orlov viloyatining Dmitrovskiy tumanidagi Pervomayskiy qishlog‘ining janubidagi o‘rmonda joylashgan payt o‘zinig jangchilari bilan qisqa vaqtda dushman olovli zarbasi ostida polk qo‘mondonlik punkti va diviziya qo‘mondonlik punkti o‘rtasida simli aloqa o‘rnatadi. Sevs operatsiyasida diviziya shtabini polklar bilan uzluksiz simli aloqa bilan ta’minlab, jangning mohirona tashkil etish va qo’shinlarning samarali boshqarilishiga imkon yaratdi.
Dneprni kechib o‘tish janglarida jonbozlik ko‘rsatadi. 1943-yil 28-sentabrda 65-armiyaning ilg‘or bo‘linmalari Soj daryosining chap sohilida joylashadi. 30-sentabrda hujumkor otryadlar suvni kechib o‘tib, daryoning o‘ng sohilidagi bir nechta kichik platsdarmlarni qo‘lga kiritadi. Biroq, dushman Soj va Dnepr oralig‘iga katta kuchlarni to‘plaganligi natijasida platsdarmning katta qismini egallashning imkoni bo‘lmaydi. 69-armiya qo‘mondonligi Dneprning janubiga, ya’ni Sharqiy devor deb ataladigan nemislarning qattiq himoyalanmagan mudofaa chizig‘i Loyev hududidan Dneprni kechib o‘tishga qaror qilinadi. Shu maqsadda 18 va 27-o‘qchi korpuslari kuchlarini yashirin ravishda qayta guruhlash amalga oshiriladi. 1943-yil 15-oktabrga o‘tar kechasi 18-o‘qchi korpusining 69-otliq diviziyasi Radul qishlog‘ining shimoliga joylashadi.
Tongda soat 6:30 daqiqa o‘tganida, artilleriya zarbasi va quyuq tutun ostida 120-o‘qchi polkining hujum batal’oni Dneprning o‘ng qirg‘iga o‘ta boshlaydi. Desantchilar otryadi tarkibida kapitan I.M.Pyatkovskiyning aloqachilar guruhi ham bo‘lgan. O‘ng qirg‘oqqa bir necha metr qolganida, Pyatkovskiy guruhi joylashgan qayiq portlatish vositalarining parchalaridan teshilib, cho‘kishni boshladi. Aloqachilar so‘ngi metrlarni suzib o‘tishadi va tezda chap qirg‘oq bilan aloqani o‘rnatadi. Nafaqat diviziya shtabi, balki, 18-o‘qchi korpusining shtabi bilan ham telefon aloqasi o‘rnatiladi. Barqaror va uzluksiz aloqa qo‘mondonlikka qo‘shinni samarali boshqarishga, hamda dushmanning qarshi hujumini qaytarishda artilleriyani mohirona qo‘llashga imkon yaratgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 30-oktyabridagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kapitan Ivan Maksimovich Pyatkovskiy Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Kiyev shahrida yashagan. 1986-yil 1-dekabrda vafot etgan. Kiyevdagi “Baykov” qabristoniga dafn etilgan.