KONDRATETS IVAN YAKOVLEVICH
 oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.02.1944)

1919-yil 22-iyunda Ukraina Xalq Respublikasi, Poltava viloyati Priluki grafligida (hozirgi shahar, Ukraina Chernixiv viloyatining viloyat markazi) tug’ilgan. Ukrain. Maktabning 7-sinfini tugatgan. “Soyuzpechat” ning Priluki bo’limida ishlagan. 1938-yilda Osip Mandelstamning she’rlarini o’qishda anti-Sovet tashviqotida ayblanib, Ukraina SSR Jinoyat kodeksining 54-10 moddasi bo’yicha yetti yilga ozodlikdan mahrum qilinadi.
1942-yilning oktabrida Vatan uchun kurashish istagi uchun lagerdan ozod etilib, Toshkent pulemyot maktabiga yuboriladi. Ammo bitirishga ulgurmaydi. 1943-yilning martida Jizzaxga, frontga yuborish uchun tuzilayotgan esholonga yuboriladi.
62-gvardiya o’qchilar diviziyasi 184-gvardiya o’qchilar polkining 3-batalyoniga o’qchi lavozimiga yuborilgan. 1943-yil sentabrigacha diviziya Oliy qo’mondonlik shtabi zaxirasida bo’lgan. 1943-yil 7-sentabrida Poltava-Kremenchug operatsiyasida 37 armiya, chekinayotgan dushmanni ortidan borib Dneprga chiqadi. 62-gvardiya o’qchi diviziyasi 2 chi va 3 chi batalyoni Dneprni kechib o’tib, Mishurin Rog qishlog’idan shimolroqda platsdarmini egallashi kerak edi.
1943-yilning 28-sentabriga o’tar kechasi kechuv boshlanadi. Daryo bo’yidagi orolda jangovar qo’riqchilar yo’q qilingach, desantchilar o’ng qirg’oqqa o’tishga intilishadi. Bu vaqtda nemislar o’tish joyiga o’t ochishni boshlaydi. A-3 qayig’ining old qismida joylashib, dushmanning o’q otish nuqtalarini pulemyot bilan yakson qiladi. Qirg’oqqa yaqinlashganda, snaryad portlashidan qayiq ag’dariladi va ba’zi askarlar yaralanadi. Qirg‘oqqa qurol va yaralangan vzvod komandirini olib chiqib, suvga qaytadi va yana 3 ta yarador askarlarni olib chiqadi.
Yaradorlarni sanitarga yetkazib, qirg’oqni o’ng tomonidan yashirincha chiqib borib, nemis pulemyotchisini granata bilan yo‘q qiladi. Vzvod komandirligini qabul qilib, mohirona mudofaani tashkillashtiradi, batalyonini kechib o’tishini ta’minlaydi.
1943-yil 28-sentabrda 3-batalyon kechuvni tugatadi, Mishurin Rog tomonidan uyushtirilgan dushmanning qarshi hujumini muvaffaqiyatli qaytaradi va egallangan platsdarmni kengaytiradi. Shu jangda 10 dan ortiq dushman askarlarini shaxsan o‘zi yo’q qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-fevraldagi Farmoni bilan “Dnepr uchun janglardagi jonbozligi uchun”, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo’ladi. Lekin mukofotni ololmaydi.
1943-yil 30-oktabrda Pyatixat operatsiyasida, Krivoy Rog hududidagi Ingulets daryosida nemislarning qarshi hujumini qaytarishda, kantuziya oladi va hushidan ketib nemislarga asrga tushib qoladi.
Birinchi imkon yaralishi bilanoq asirlar harbiy lagerdan qochadi, lekin nemislar tomonidan tutib olinib, Noyengammening o’lim lageriga yuboriladi. Qiynoqlarga bardosh bera olmay Germaniya razvedkasi bilan hamkorlik qilishga rozi bo’ladi. Abwehr razvedka maktabida ikki haftalik mashg’ulotdan o’tadi va “Tseppelin” operatsiyasi doirasida 1944-yil 9-noyabrda Sovet qo’shinlari tomonidan egallab olingan Polshaning Suvalki-Rachki hududida Qizil Armiya bo’linmalarining mavjudligi, soni va tarkibi to’g’risida ma’lumot to’plash vazifasini topshiriladi. Darhol eng yaqin sovet bo’linmasi joylashgan joyga boradi va barchasini aytib beradi.
Sudlanganligi sabab unga ishonishmaydi. 1945-yil 13-yanvarida davlatga xiyonat qilganlikda ayblanib, RSFSR Jinoyat kodeksining 58-1b moddasiga binoan 3-Belorussiya frontining harbiy sudi tomonidan sudlanadi va 15 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Muddatni SSSR Ichki ishlar vazirligining Qozog’iston SSR Qarag’anda shahrida joylashgan 8-sonli Maxsus lagerda muddatni o’tagan.
1954-yil 13-yanvarda Komissiya uni ishini ko’rib chiqadi. 1955-yil 23-iyulda SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining Qarori bilan qamoq muddati 10 yilga qisqartiriladi. O’z yurtiga qaytib kelib, urushdan keyin ota-onasi yashaydigan Varva qishlog’ida yashaydi.
1966-yil 12-yanvarda SSSR Oliy sudi Plenumining Qarori bilan to’liq oqlanadi va Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni qaytarib beriladi.
2003-yil 24-oktabrda vafot etgan. Ukrainada Chernihiv viloyatining Varva shahar tipidagi qishlog‘ida dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"Jangovar xizmatlari uchun" medali