KOLODIY IVAN MIXAYLOVICH
yefreytor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (30.10.1943)
1912-yil 1-mayda Kiyevka qishlog‘ida (hozirgi Qozog‘istonning Qaraganda viloyati Nurinskiy tumanidagi qishloq) tug‘ilgan. Ukrain.
1941-yilda Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. Ikkinchi jahon urushida Markaziy front 65-armiyasi 69-o‘qchilar diviziyasi 118-artilleriya polkida radio-telegraf operatori bo‘lgan. Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan.
1943-yilning 14-15-oktabriga o‘tar kechasi Ukraina SSRning Chernigov viloyati, Repki tumani, Radul qishlog‘i yaqinida dushman o‘qi ostida Dneprni kechib o‘tadi.
Kechuvda Kolodiy suzayotgan qayiq yakson bo‘ladi. Jiddiy jarohatlariga qaramay, radiostansiya bilan qirg‘oqqa suzib chiqishga muvaffaq bo‘ladi. Qirg‘oqqa chiqqach artilleriya batareyalarini dushmanga zarba berish uchun yo‘naltirib turdi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, efreytor Kolodiy Ivan Mixaylovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1954-yil 18-noyabrda vafot etgan.