PRIGOV VLADIMIR BORISOVICH

kichik leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)

1924-yil 7-aprelda Kiyevda ishchi oilasida tug‘ilgan. Yahudiy. Samarqand viloyati Oqtosh shahrida ta’lim olgan, ma’lumoti o‘rta.
1942-yilda Qizil Armiya safida xizmatga chaqirilgan. 1944-yilda tankchilar bilim yurtini tamomlaganidan so‘ng frontga yuborilgan. Boltiqbo‘yi frontida jang qilgan.
1944-yil 17-sentabrda Latviyaning Tukuma yaqinidagi Sunishi qishlog‘idagi Rusas tepaligida kichik serjant V.B.Prigov boshqarayotgan o‘ziyurar tankka qarshi to‘p hisobi fashistlarning tank, zirhli tansport vositalari, avtomashinalari va avtomatchilaridan iborat kolonnalar bilan kuchlar teng bo‘lmagan tarzda jangga kiradilar. Snaryad bilan yakson qilingan tanklarning biri yona boshladi. Sarosimaga tushgan boshqa tanklar dushman tanklariga qarata shiddatli zarba bera boshladi.
O‘ziyurar tankka qarshi to‘p nishonga bexato urardi. Tez orada, zirhli transport vositasining bittasi, so‘ngra ikkinchisi mash’ala bo‘lib yonardi. Biroq, dushman snaryadlari o’ng, chap va old tomonga yaqinlashib kelardi. Kuchlar teng emasdi. Snaryadlardan biri o‘ziyurar tankka qarshi to‘pga tegdi. Alanga zirhni qamrab oldi. Komandir yaralandi.
Olgan jarohatiga qaramay, V.B. Prigov jangni boshqarishda davom etdi. Ammo, tez orada fashistlar SAU-76-ni yoqib yuborishdi. Yosh komandir o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. To‘p hisobi bilan birgalikda olovni o’chirdi va fashistlarning avtomatchilari joylashgan yana uch avtomashinani o‘qqa tutib, yakson qildi. Shiddatli jangda V. B. Prigov ikkinchi bora yaralandi. SAU-76 yana yoqib yuborildi. Kichik leytenant Vladimir Borisovich Prigov so’nggi nafasigacha o’z mashinasini tashlab ketmasdan, jangda mardlarcha halok bo‘ldi. U Tukum chekkasidagi Slampda dafn qilingan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik leytenant Vladimir Borisovich Prigov vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI