KARAULOV VASILIY
katta leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.02.1944)

1915-yil 3-martda Sinenkie qishlog‘ida (hozirgi Saratov viloyati Saratov tumani) tug‘ilgan. Yetti yillik maktabni tugatgach, kolxozda traktorchi bo‘lib ishlagan. 1936-yilda Karaulov Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1941-yilda Karaulov qayta armiyaga chaqirilgan va noyabr oyidan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.
1943-yilning oktyabrigacha Voronej frontining 52-armiyasi 254-piyodalar diviziyasi 936-piyodalar polkida rota komandiri bo‘lgan. Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan.
Shimoli-G‘arbiy, Volxov, Voronej, Stepnoy, 2-Ukraina frontlaridagi janglarda qatnashgan, to‘rt marta yaralangan.
1943-yilning 1-oktabrida Karaulovning rotasi birinchilardan bo‘lib Ukraina SSRning Cherkasi viloyati Xreshchatik qishlog‘i yaqinida Dneprni kechib o‘tadi va g‘arbiy sohildagi platsdarmni egallab oladi. Dushmanning bir nechta qarshi hujumlarini qaytarib, platsdarmni muvaffaqiyatli ushlab turadi. Jangda Karaulov yaralanadi, ammo jangni davom ettiradi.SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-fevraldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatilgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta leytenant Vasiliy Karaulov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1941-1945 YILLAR VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA" MEDALI