O‘ZBEKISTONLIK AYOLLARNING URUSH YILLARIDAGI JASORATI

     Urushning asosiy mashaqqati front ortida qolgan xotin-qizlar, voyaga yetmagan farzandlar, qo‘liga qurol ushlash yoshidan o‘tgan qariyalar zimmasiga tushdi. Ular g‘alaba uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotlarni frontga yetkazib beribgina qolmay, o‘zlari shinel kiyib jangga ham otlandilar.     

     Urushning dastlabki kunlaridan xotin-qizlar ixtiyoriy ravishda jang maydonlariga yuborishni so‘rab harbiy komissarliklarga ariza bera boshlaganlar. Bunga bir misol tariqasida Samarqand viloyatidan quyidagi dalillarni keltirish mumkin: viloyat bo‘yicha 1941-yil 22-iyundan to 4-avgustgacha frontga jo‘natishni so‘rab ariza berganlar soni 2988 kishini tashkil etgan. Shulardan 613 nafari xotin-qizlar bo‘lgan. Respublikamizning hamma viloyatlarida ham xuddi shu xildagi dalillarga duch kelamiz. Biroq, harbiy komissarliklardan qizlarimizning ko‘pchiligi rad javobi oldilar, sababi – front ortida ham g‘alaba uchun mehnat qilish asosan xotin-qizlar zimmasida edi. Shunga qaramay O‘zbekistondan 4555 nafar qizlar bevosita jang maydonlarida jang qilib, g‘alabaga katta ulush qo‘shdilar.

      Ikkinchi jaqon urushida 200 mingga yaqin shifokor, 500 mingga yaqin tibbiyot hamshirasi qatnashgan. Ular dahshatli bombalar va tinmay yog‘ilib turgan o‘qlarga qaramay chidam va matonat, shifokorlarga xos oliyjanoblik bilan insonlarni o‘limdan qutqarib qolish uchun jonbozlik ko‘rsatdilar. Shulardan 4 mingdan ortig‘i (3000 nafar shifokor, 1000 nafar tibbiyot hamshirasi) o‘zbekistonlik shifokorlar edi. Ular yordamida qanchadan-qancha yarador va bemor askar va ofitserlar qaytadan jangovar safga turib, o‘z burchlarini bajardi.

         Urush yillarida Moskva bo‘sag‘alarida, qamalda qolgan Leningrad, Stalingrad ostonalarida, Ukraina, Belorussiya frontlarida, Kavkaz orti, Polsha, Chexoslovakiya, Vengriya va boshqa davlatlarda, har bir qarich yer uchun jang olib borgan yigitlarimiz qatorida O‘zbekiston xotin-qizlari ham bor edi. Ulardan ba’zilari halok bo‘lib, janggohlarda qolib ketdilar. Shulardan biri ixtiyoriy ravishda frontga ketgan Umri Umarovadir.

AYOLLARNING URUSH YILLARIDAGI JASORATI AKS ETGAN FOTO LAVHALAR

       Urush qatnashchisi bo‘lgan O.Sanfirova, Ye.Stempkovskaya, N.Ibrohimov, A.Mukarramova, F.Ramazonova, opa-singil G‘iyosovalar, 3. G‘anieva, R. Alimova, A. Qalandarova, M. Samadova, M. Saidjonova, S. Davronova, Ya. Rahmatova, U. Shokirova, M. Omonova, S. Ro‘zieva, S. Kamolova, X. Usmonova, S. Majidova, A. Muharramova, F. Ramazonova, 3. Polvonova, G.Muhammadjonova, 3. Hasanova, Sh. Karimova, Sh. Ahmedova, S. Saidova, M. Xotmulina, O. Zubareva, M. Umarxo‘jaeva, V. Zaxarova, E. Naxeyman, Roza Ibroximova, M.Eshonxujaeva, Rixsi Muminova, Salipa Kublanova, Antonina Pixteeva va shunga o‘xshash ko‘plab mardi-maydon qizlar ism-shariflarini keltirish mumkin. Ularning aksariyati shifokorlar, razvedkachilar, aloqachilar, o‘qchilar sifatida xizmat qilishgan. Shifokor harbiy tibbiyot xodimlari bir kecha-kunduzda 200 dan ortiq yaradorning dardiga davo bergan bo‘lsa, hamshiralar o‘zlaridan og‘irroq yarador va bemorlarni jang maydonidan olib chiqardilar, aloqachi-radist qizlarimiz o‘z vaqtida qo‘mondonlikka xabar qilib, jangchilarimizning g‘alabaga erishishiga ko‘maklashardilar.

         Zebo G‘anieva  Ikkinchi jahon urushi  boshlangan kunlarda Zeboxon Moskvadagi Davlat teatrshunoslik institutida tahsil olvar edi. Urushning boshlanishi uning orzularini bir chekaga yig‘ishtirib dushmanga qarshi jangohlarga otlanishiga to‘g‘ri keldi.Dastlab u tibbiy hamshira sifatida qo‘shinlarimizga ko‘mak berdi. Ammo bu kasbda uzoq ishlamadi. Undagi jasoratni, har qanday og‘ir sharoitda ham o‘zini yo‘qotmaslik singari sifatni ko‘rgan qo‘mondonlik Zeboga minomyotchilar safida bo‘lishni taklif qildi. U vazifani yaxshi o‘zlashtirib olgach, pulemyotchilar, keyinroq esa razvedkachilar safiga yuborildi. Moskva mudofaasi uchun bo‘lgan janglarda Zebo G‘aniyeva jasorat namunalarini ko‘rsatib 129 fashist g‘azandalarini yer tishlatdi.U mardligi va jasorati uchun Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlandi. Afsuski, g‘alabaga yaqin qolganda Zebo G‘anieva og‘ir jarohatlandi. Snaryadning parchalari uning ko‘p joyini yaralagan, oyog‘ini majaqlab tashlangan edi. Dala gospitalida uni operatsiya qildilar. Shundan so‘ng jonajon O‘zbekistonga qaytdi.

     Roza Ibraximova. O‘zbek xalqining jasur qizlaridan Roza Ibroximova Xorazm viloyatida tavallud topgan Ma’shum ikkinchi jahon urushi boshlanishi uning tibbiyot xodimi bo‘lish orzusini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymadi. Radistlik kurslarini tamomlagandan so‘ng 1943-yili frontga jo‘nab ketdi. 1944-yilning bahorida artilleriya zarbalarini yo‘naltirish uchun oldinga harakatlanayotgan tankga joylashadi. Jang boshlanishi bilan dushman snaryadi ularning boshqaruvidagi tankka kelib tegadi. Ekipaj komandirining buyrug‘i bilan hamma tankni tark eta boshlaydi. Roza birinchilardan bo‘lib tark etadi, ammo ekipaj komandiri yaralanib tankdan chiqa olmayotgan bir vaqtda, Roza unga yordamga shoshilib tankdan olib chiqadi. Navbatdagi snyarad kelib portlashi bilan u yaralangan komandirni o‘z tanasi bilan yopib qoladi va o‘zi ham yaralanadi. Roza Ibraximova bu qahramonligi uchun “Jasorati uchun”medali bilan mukofotlangan. Roza Ibrohimova matonat bilan g‘alabagacha fashizmga qarshi kurashdi.

1Руза Иброхимова

      Sanfirova Olga Aleksandrovna urushdan oldin Toshkent shahrida yashagan. 46-gvardiya aviatsiya eskadriliyasi uchuvchisi sifatida, 630 marotaba jangovar uchishlarni amalga oshirib, jami 77 tonna og‘irlikdagi bombalarni kechasi dushman ustiga yog‘dirib, yoqilg‘i va o‘q-dorilari,  qurollari saqlanadigan omborxonalarni yo‘q qilgan. 1944-yil 13-dekabrda jangovar vazifani bajarish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan.O‘limidan so‘ng unga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.

Санфирова Ольга Александровна

    Stempkovskaya Yelena Konstantinovna urushdan oldin Toshkent Davlat Pedagogika instituti talabasi bo‘lgan. Radio aloqachilar kurslarini tamomlagandan so‘ng 1942-yil 216-o‘qchi polki radisti sifatida xizmat qila boshladi. Qo‘shin shtabi joylashgan qisholqga dushman qo‘shinlari bostirib kiradilar. Yelena bostirib kirgan dushmanga ikkita granata uloqtiradi, lekin son jihatdan ustun bo‘lgan fashistlar jasur radist qizni asir olib radioshifr ma’lumotlarini bilish uchun qiynaydilar, hatto ikki qo‘lini kesib tashlaydilar. Lekin Yelena radioshifr ma’lumotlarini aytmaydi, shundan so‘ng fashistlar uni qatl qiladilar. SSSR Oliy Soveti Prezidiumi qarori bilan 1946-yil 15-mayda Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.

Герой Советского союза радитка Елена Стемпковская

       Rahima Xasanova  1942-yilda Rahima Xasanova frontga jo’nab ketadi. Bu vaqtda u endigina 17 bahorni qarshilagan edi. 1942-yilning avgustida u tankchilar qismiga yetib bordi. Rahima tibbiyot xizmatchisi bo‘lib, jangohdagi askarlarga tibbiy yordam ko‘rsatishi lozim edi. Rastov uchun bo‘lgan mudofaa janglarida ularning harbiy qismi qurshovga tushib qoladi. Qamalda qolgan bo‘linma bor kuchini to‘plab qamalni yorib o‘tishga qaror qiladi. Qismda askarlar soni kamayib ketganligi sababli Rahima Xasanova ularga yordam berish maqsadida o‘z ishini qo‘yib, pulemyotchi sifatida jangga kiradi. Kuchlar teng emas edi, nemis bosqinchilari tinimsiz xujumlar uyutirishmoqda edi. Rahimaning tank pulemyotidan otgan o‘qlari nemis galalarini birin ketin yeqitmoqda edi. Pulemyotning o‘qlari tugagandan so‘ng u  ochiq tuynuk orqali granatalar irg‘ita boshladi. Granatalar tugagach, to‘pponchasini  qo‘liga olib tepalikdan nemisning ko‘rinishini kutib turdi. Ammo u o‘q uzishga ulgurmadi. Quloqlariga tanish “Ura” ovozlari eshitildi. Madad yetib kelib, polkka qo‘shilgan edi. Stalingrad uchun olib borilgan og‘ir janglarda sovet qo‘shinlari g‘olib chiqdilar. Shundan so’ng Rahima Hasanova xizmat qilayotgan pulemyotchilar qismi ham davomli hujumga o‘tdi. Ammo yov kuchli va makkor edi. Fashistlar orqaga chekinib, qulay istehkomni tanlab olardi-da, uzoq vaqtgacha mudofaa janglari olib borib, qo‘shinlarimizga katta zarar yetkazishga harakat qilardi. Bunday paytlarda, ayniqsa, pulemyotchilarga katta mas’uliyat yuklanadi. O‘zbek qizi Rahima ana shunday sharoitda jang qildi. U hamisha hujumkor  armiyaning eng oldingi saflarida turib, ko‘p shaharlarni ozod qilishda faol qatnashdi. Pulemyotchi qiz dushmanni quvib to Berlingacha bordi. Reyxstagga G‘alaba bayrog‘i tikilganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. U bir necha marta yaralandi, jasoratlari uchun bir necha marta hukumat mukofotlari bilan tahdirlandi. Sovet Armiyasining shon-shuhrat qozonishiga munosib hissa qo’shgan Rahima Hasanova urush tugagach, o‘z yurtiga qaytdi.

 

    Jasur radist-razvedkachi Nargiza Ibrohimova bir necha marta dushmanning front ortiga o‘tib, «Til» topib kelgan, bu bilan qo‘mondonlikka harbiy harakatlarni  uyushtirishga yordam berib turgan.

   Toshkentlik shifokor Anvara Mukarramova 148- o‘qchi diviziyaning medsanbatida jarroh bo‘lib xizmat qilib, minglab yaradorlarning joniga oro kirganlardan biri. G‘alabadan so‘ng jonajon shahriga qaytib kelgach, nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Ko‘p yillar davomida tibbiyot institutida dars berdi. Hozir nafaqa yoshida bo‘lsada, urush nogironlari shifoxonasida maslahatchi vrach sifatida ishlaydi.

    Ikki marta yarador bo’lgan va ikki marta kontuziya olgan shifokor F. Ramazonova urush tugagach, uzoq vaqt shifokorlik qildi. O‘zbekistonlik qizlarimiz yurtning muqaddas tuprog‘ini qishloqma-qishloq, shaharma-shahar ozod etishda faol qatnashdilar. Ulovli, piyoda holda dushmanning uyasigacha yetib bordilar, qo‘shni mamlakatlarni fashizm balosidan qutqarishda jangovar xizmat qildilar. Qo‘mondonlik shinel kiygan barcha qizlarimizni jangovar orden va medallar bilan taqdirlagan. Ular bizning faxrimizdir.

AYOLLARNING URUSH YILLARIDAGI JASORATI

O'ZBEK XALQINING SADOQATLI QIZI