URUSHDAN QAYTMAGAN BESH AKA-UKA IBRAGIMOVLAR
пятеро братья ибрагимовых, не вернувшихся с полей сражения
five brothers from the family of the ibragimovs who weren't back from war
IBRAGIMOVLAR OILASI
O‘ZBEKISTONDAN IKKINCHI JAHON URUSHIDA BIR OILADAN BESH NAFAR FARZANDLARI ISHTIROK ETGAN OILALARDAN BIRI IBRAGIMOVLAR OILASI BO‘LIB, BU OILADAN BESH AKA-UKA FARZANDLAR URUSHGA YUBORILIB, ULARDAN HECh QAYSI BIRI URUSHDAN QAYTMAGAN. 1995 YIL CHOP ETILGAN “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XOTIRA MAJMUA-KITOBI”DAGI MUALLIFI KO‘RSATILMAGAN “BRATVA IBRAGIMOVI” MAQOLASIDA URUSHDAN QAYTMAGAN BESH AKA-UKALAR TO‘GʻRISIDA MA’LUMOT BERILIB, IBRAGIMOVLAR OILASI SAMARQAND, BUXORO, TERMIZ, TOSHKENT VA MOSKVA SHAHARLARIDA YASHASHGAN. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI HUZURIDAGI O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI MASALALARI BO‘YICHA MUVOFIQLASHTIRUVCHI METODIK MARKAZ MUTAXASSISLARI TOMONIDAN “TASHPOISK” GURUHI VA MOLDOVALIK QIDIRUV BO‘YICHA MUTAXASSIS VASILIY SENKOVSKIY YORDAMIDA RAHIM IBROHIMOVNING DAFN ETILGAN JOYI HAMDA XOTINI HAQIDA QO‘SHIMCHA MA’LUMOT ANIQLANGAN. ROSSIYA FEDERASIYASI MUDOFAA VAZIRLIGI MARKAZIY ARXIVI MA’LUMOTLARIGA KO‘RA, IKKI FARZAND SAMARQANDDA TUGʻILGAN. OTALARINING ISMI HUSAYN, ONALARI GULBONU (GULBANU, GULIYA) GALIYeVNA BO‘LIB, HOZIRGI MIRZO-ULUGʻBEK TUMANI OLOY KO‘CHASI (O‘SHA VAQTDA KUYBISHYeV RAYONI, POCHTOVAYA) 25-GNVF YASHASHGAN. USHBU MANZILDA URUSHDAN KEYIN KO‘P QAVATLI BINOLAR QURILIB, HOZIRDA USHBU MANZILDA BU RAQAMLI UY MAVJUD EMAS. URUSHDAN QAYTMAGAN BESH AKA-UKA HAKIM, RAHIM, HAYDAR, HABIB, ANVAR IBRAGIMOVLARNING NOMLARI TOSHKENT SHAHRIDAGI 64-MAKTAB HUDUDIDA IKKINCHI JAHON URUSHI ISHTROKCHILARI XOTIRASIGA O‘RNATILGAN YODGORLIKDAN O‘RIN OLGAN.
ANVAR IBRAGIMOV
ANVAR IBRAGIMOV 1938 YILI HARBIY XIZMATGA CHAQIRILIB, CHEGARA QO‘SHINLARIDA XIZMAT QILGAN, URUSH YILLARI OFISERLIK KURSLARINI TAMOMLAGAN. 1946 YIL KATTA LEYTENANT IBRAGIMOV ANVAR CHEGARADA XIZMAT PAYTIDA HALOK BO‘LGAN. IBRAGIMOV ANVARGA OID QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLARDA UNING OTASINING ISMI QAYD ETILMAGAN. FARZANDLARNING BIRIDA OTASIGA OID MA’LUMOT HUSEINOVICH, BOSHQALARIDA HUSAINOVICH TARZIDA QAYD ETILGAN.
RAHIM IBRAGIMOV
IBRAGIMOV RAHIM HUSAINOVICH 1909 YILI TUGʻILGAN, URUSHGACHA TEXNIKUMNI BITIRIB, MOSKVA MO‘YNACHILIK FABRIKASINING BUXORO QORAKO‘LCHILIK ZAVODI DIREKTORI LAVOZIMIDA FAOLIYAT YURITIB, “HURMAT BELGISI” ORDENIGA SAZOVOR BO‘LGAN. OILALI BO‘LIB, TERMIZDAN KO‘NGILLI SIFATIDA URUSHGA YUBORILGAN. U QIZIL BAYROQLI 95-GVARDIYACHI O‘QCHI DIVIZIYASI, 290-GVARDIYACHI O‘QCHI POLKI, 3-O‘QCHI ROTA KOMANDIRI, GVARDIYACHI LEYTENANT BO‘LIB, 2-UKRAINA FRONTIDA JANG QILGAN. RAHIM IBRAGIMOV 1944 YIL 15 MARTDA KRIVOGRAD VILOYATI MARYANOPOL QISHLOGʻI ATROFIDAGI JANGDA KO‘RSATGAN JASORATI UCHUN “QIZIL BAYROQ” ORDENI BILAN TAQDIRLANGAN. UNING OXIRGI XATIDA 1944 YIL 7 APREL SANASI QO‘YILGAN. IBRAGIMOV RAHIM 1944 YIL 4 MAY KUNI HALOK BO‘LGAN. MOLDOVANING SHERPEN QISHLOGʻINI OZOD QILISHDA HALOK BO‘LGAN JANGCHILAR RO‘YXATIDA 388-RAQAM BILAN “IBRAGIMOV RAIM XUSANOVICH” TARZIDA QAYD ETILGAN. ARXIV HUJJATLARIDA UNING XOTINI G.V.PROSKURYAKOVA EKANI HAMDA U MOSKVADA YASHASHI KO‘RSATILGAN.
HAKIM IBRAGIMOV
IBRAGIMOV HAKIM HUSAINOVICH 1912 YIL TUGʻILGAN, 1935 YIL HARBIY XIZMATGA CHAQIRILGAN. OILASI UNDAN OXIRGI XATNI 1941 YILNING AVGUSTIDA OLGAN. 1944 YILNING APREL OYIDA URUSHDA BEDARAK YO‘QOLGAN.
HABIB IBRAGIMOV
IBRAGIMOV HAKIM HUSAINOVICH 1915 YILI TUGʻILGAN, 1939 YILI HARBIY XIZMATGA CHAQIRILGAN. SOVET-FIN URUSHIDA ISHTIROK ETGAN. BELORUSSIYA FRONTIDA JANG QILGAN. 1941 YIL SENTYABRDA BEDARAK YO‘QOLGANLIGI SABABLI UNING NOMIGA QORAXAT YUBORILGAN.
HAYDAR IBRAGIMOV
IBRAGIMOV HAYDAR HUSEINOVICh 1921 YILI TUGʻILGAN. TERMIZDAN HARBIY XIZMATGA CHAQIRILGAN. IKKINCHI JAHON URUSHIDA KATTA SERJANT UNVONIDA, SNAYPER LAVOZIMIDA BO‘LGAN. 1944 YILNING YANVARIDA UKRAINANI OZOD QILISHDA HALOK BO‘LGAN. “GʻALABA BOGʻI” YODGORLIK MAJMUASI MUTAXASSISLARI TOMONIDAN ANIQLANGAN MA’LUMOTLARGA KO‘RA, OILANING YANA BIR QIZ FARZANDI IBRAGIMOVA MARYAM (MAYA, MATLUBA) 1927 YILDA TUGʻILGAN. U 1974 YILDA TOSHKENT SHAHAR CHILONZOR TUMANI 1-KVARTAL, 54-UY, 15-XONADONDA YASHAGAN. UNING FARZANDI IBRAGIMOV RAHIM HUSANOVICh 1964 YIL TUGʻILIB, CHILONZOR TUMANIDAGI 103-SONLI MAKTABDA O‘QIGAN. 1996 YIL VAFOT ETGAN.