ZINDELS ABRAM MOISEYEVICH
kichik leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (01.11.1943)

 1915-yil (hozirgi Ukrainaning Vinnits viloyati) Lipovets qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan. Yevrey. Maktabning to‘qqizinchi sinfini, hamda Vinnits qurilish texnikumini tamomlagan. Lipovets mashina-traktor bekatida chilangar bo‘lib ishlagan. 1940-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan.
1941-yildan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1942-yilda kichik leytenantlar kursini tamomlagan. (Janubiy frontining 51-armiya 126-o‘qchi diviziyasi) 690-o‘qchi polki vzvod komandiri bo‘lgan.
1943-yil 18-oktabrda uchta hujumga o‘tish guruhiga boshchilik qilgan holda, Melitopol (Zaporoj viloyati) shahrining ikkita dahasini dushmandan ozod etadi.  Dushmanning qarshi hujumini qaytarish mobaynida qamalga tushib qolib, so‘nggi nafasigacha jang qiladi. Yolg‘iz o‘zi tirik qolgach, fashistlarni yaqin kelishlariga imkon berib, tankka qarshi granata bilan o‘zini va dushmanni portlatib yuboradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 1-noyabrdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik leytenant Zindels Abram Moiseyevich vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI