VILENSKIS VOLFAS LEYBOVICH
mayor, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)
1919-yil 21-avgustda Kaunasda, Shaki shahrida tug‘ilgan. “Yavne” yahudiy gimnaziyasida va Kaunas HMJ (Hunarmandchilik bo‘yyicha mehnat jamiyati) maktabida tahsil olgan. 1936-yilda Kaunas shahridagi metallsozlik tehnikumini tugatgan. 1939-yilda Litva armiyasiga chaqirilgan va unter-ofitser bo‘lib xizmat qilgan. Litva SSSR tarkibiga kiritilgandan so‘ng, O‘zbekiston SSR Toshkent temir yo‘lining Ursatevskaya temir yo‘l stansiyasiga ishga joylashadi.
1940-yilda 29-o‘qchi hududiy Litva korpusi tarkibida xizmatini davom ettiradi va Vilnyus piyodalar bilim yurtiga kursant sifatida qabul qilinadi. Urushning birinchi kunlaridan boshlab kursant Vilenskiy 16-Litva o‘qchi diviziyasi tarkibida jangjvar harakatlarda qatnashadi. 1941-1942-yillarda Stalin shahridagi piyodakar bilim yurtida o‘qigan. 1943-yil 21-fevralda Oreldan 50 km janubi-sharqda joylashgan Alekseyevka hududida, leytenant Vilenskiyning rotasi, o‘ta qiyin hujum shroitda muhim balandlikni egallashga erishgan va uni ushlab qilgan diviziyadagi ygona bo‘linma bo‘ldi.
1944-yil 11-13-oktabr kunlari Litvaning Pagegyay shahri hududida faqat bitta rota bilan kutilmagan dushman o‘rtidan zarba berib dushmanning qarshi hujumini barbod qiladi, o‘rnatma pulemyotdan ko‘plab dushman askarlarini qirib tashlaydi, o‘zi yaralanadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Batalonni mohirona boshqarganligi, nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, mayor Vilenskis Volfas Leibovichga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin Sovet Armiyasida xizmatini davom ettiradi, M.V.Frunze nomidagi harbiy akademiyasini tugatgan. Estoniyada polkni, keyin diviziyani boshqargan, Vilnyus davlat universiteti harbiy kafedrasi boshlig‘i bo‘lgan. 1972-yilda zahiraga bo‘shatilgan, Litva texnik inventarizatsiya shaharlararo byurosining boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
1992-yil 15-yanvarda Bat-Yam shahrida vafot etgan.