TITOV VASILIY FEDOROVICH
katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (30.10.1943)
1911-yil 23-martda Pokrovka qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. Maktabning 4-sinfini tugatgan. O‘zSSRning Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahridagi shahar elektr stantsiyasida, elektrik bo‘lib ishlagan.
1941-yildan Qizil Armiyada xizmat qilgan. 1942-yil apreldan – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1943-yil 15-oktabrda 120-o‘qchilar polkining vzvod komandiri yordamchisi (69-o‘qchilar diviziyasi, 65-armiya, Markaziy front) katta serjant V.Titov, Radul qishlog‘i (Chernixiv viloyatining Repkinskiy tumani) yaqinidan Dnyepr daryosini kechib o‘tishda jonbozlik ko‘rsatgan.
Desantchilar guruhi tarkibida, Dnyeprni kechib o‘tadi va dushman transheyasiga yorib kirib qo‘l jangida, bir nechta fashistlarni yo‘q qiladi.Yaralangan rota komandirini almashtirib, dushmanning bir nechta qarshi hujumlarini qaytaradi va polkning boshqa bo‘linmalarini kechib o‘tishiga imkoniyat yaratadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanagan.
2000-yil 10-noyabrda vafot etgan. U Chernovtsi shahar qabristonining, xiyoboniga dafn qilindi.