SVIDERSKIY ALEKSANDR GRIGOREVICH

 mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (16.05.1944).

1908-yil 10-iyunda Sumi viloyati (Ukraina) Konotop tumani Karabutovo qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan. Ukrаin. Qishloq maktabini tamomlagan. Savdo xodimlari kasaba uyushmasi Konotop tumani qo‘mitasining kotibi bo‘lib ishlagan. 1928-yildan Qizil Armiya safida. 1931-yilda Kirov otliqlar maktabini, 1932-yilda qo‘mondonlik malakasini oshirish kursini tamomlagan.
1941-yil iyunidan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. G‘arbiy va 4-Ukraina frontlarida jang qilgan. 867-o‘ziyurar artilleriya polkining komandiri (4-Ukraina fronti,19-tank korpusi,202-tank brigadasi) bo‘lgan.
1941-yil 27-iyunda og‘ir yaralanadi. Shifokorlar uni harbiy xizmatga yaroqsiz deb topishadi. Gospitaldan chiqqanida, Samarqand viloyatining harbiy komissari etib tayinlanadi.
Ofitserlik kursini tugatgandan so‘ng, yana armiyaga qaytadi. 1944-yil aprel oyining boshida kuchli artilleriya va aviatsiya tayyorgarligidan so‘ng, 4-Ukraina fronti 51-armiyasi qo‘shinlari hujumga o‘tishadi va 10-aprelga kelib Sivash hududida dushmanning mudofaasi yorib kirishadi.
1944-yil 11-aprel kuni Qrim viloyati Djankoy shahri uchun jangda jonbozlik ko‘rsatadi. Artilleriyachilar tank va zirhli poyezdni yakson qiladi, 4ta zenit uskunalarini yo‘q qiladi va sovet tank qo‘shinlarini shaharga kirishini ta’minlaydi.
1944-yil 17-aprel kuni Sevastopol shahri ostonasida Uglovoye qishlog‘i yaqinida og‘ir jarohatdang so‘ng vafot etadi. Baxchisaray (Qrim) birodarlik qabristoniga dafn qilingan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 16-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, mayor Sviderskiy Aleksandr Grigorevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (vafotidan so‘ng).

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI