SIDOROV ALEKSANDR VASILEVICH 

podpolkovnik, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (30.10.1943)

1910-yil 27-sentabrda Toshkentda tug‘ilgan. O‘zbek. Maktabning to‘qqiz sinfini tamomlagan. 1932-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yilning aprelidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
1943-yil oktabrdan Markaziy front, 65-armiyasi 69-o‘qchilar diviziyasi, 120-o‘qchilar polki komandirining siyosiy yo‘nalish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.
1943-yil 15-oktabrda Dnepr uchun jangda jonbozlik ko‘rsatib, Ukraina SSRning Chernigov viloyati Repkinskiy tumani, Radul qishlog‘i hududida Dnepr daryosini ilg‘or otryad boshchiligida kechib o‘tib, platsdarmni egallashda faol ishtirok etdi va uning garbiy qirg‘og‘ini qo‘ldan boy bermagan holda, fashistlar bilan qo‘l jangiga kirishdi. Platsdarmdagi janglarda jarohat oldi, biroq jangni davom ettirdi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktabrdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun”, podpolkovnik Sidorov Aleksandr Vasilevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin Sovet Armiyasida xizmatini davom ettirdi. 1944-yilda qo‘mondonlik tarkibining malakasini oshirish kurslarini, 1948-yilda esa, siyosiy tarkibning malakasini oshirish kurslarini, 1955-yilda Harbiy-siyosiy akademiyani tamomlagan. 1957-yilda polkovnik unvonida zaxiraga bo‘shatilgan. U Bryanskda yashagan va trolleybus deposi mudiri bo‘lib ishlagan. 1968-yil 27-iyunda vafot etdi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI