SHEMENKOV AFANASIY DMITRIEVICH
general-leytenant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (04.06.1945)
1896-yil 10-fevralda Mogilev viloyati Cherikovskiy tumani Gnilitsa qishlog‘ida tug‘ilgan (hozirgi Lenin agro-shahar, Krasnopol tumani, Belorusiya Mogilev viloyati).
1941-yil sentabrdan boshlab Novgorod va Podporojie tumanidagi Svir daryosi (Leningrad viloyati) hududida 52-alohida armiyasi va 7-alohida armiyasi tarkibida mudofaa janglarini olib borayotgan 314-o‘qcbi diviziyasi komandiri sifatida Ikkinchi Jahon urushidagi janglarda qatnashgan.
1941-yil noyabrdan 1942-yil iyungacha Onega va Ladoga ko‘llari oraligi‘da mudofaa jangini olib borgan 7-alohida armiya qo‘mondonining front orti ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib xizmat qilgan. 1942-yilda K.E.Voroshilov nomidagi Oliy harbiy akademiyaning qisqartirilgan kursini tamomlagan. 1942-yil iyundan 1943-yil noyabrgacha Volxov frontidagi 54-armiya va 2-zarbdor armiya tarkibidagi 4-gvardiya o‘qchi korpusi komandirining o‘rinbosari bo‘lib xizmat qilgan.
1942-yildagi Sinyavinskiy hujum operatsiyasida qatnashgan. Noyabr oyida korpus Janubi-G‘arbiy frontga tashlanib, 1-gvardiya armiyasiga tarkibiga qo‘shiladi va Stalingrad jangida, Xarkov mudofaasi va Donbass hujum operatsiyasida qatnashgan.
1943-yil noyabrda 3-Ukraina frontinig 8-gvardiya armiyasi 57-gvardiya o‘qchi diviziyasi komandiri etib tayinlangan. Bereznegovato-Snigiryov va Odessa hujum operatsiyasida muvaffaqiyatli qatnashib, Noviy Bug (Nikolaev viloyati) va Odessani ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatgan. May-iyun oylarida butun armiya 1-Belorussiya frontiga tashlanadi, bu erda 1944-yil 20-iyulda Belorussiya strategik operatsiyasida general Shemenkov diviziyasi Lyuboml shahridan (Volin viloyati) g‘arbdagi G‘arbiy Bug daryosidan kechib o‘tadi va 1944-yil 1-avgustda keng front bo‘ylab – Visla daryosidan kechib o‘tadi.
Jangning birinchi kunida diviziya front bo‘ylab 7 km va 12 km chuqurlikda platsdarmni egallab, dushmanning 1200 askari va ofitserini, 5 ta tankni, 12 ta artilleriya orudiyasini yo‘q qilgan. Keyingi kunlarda diviziya ushbu strategik muhim Magnushevskiy platsdarmini kengayishida va ushlab qolishda ishtirok etgan. Shu janglarda diviziya nafaqat dushmanning ko‘plab qarshi hujumlarini qaytaradi, balki Magnussev (Polsha) shahrini ozod qilib, dushmanni sezilarli darajada siqib chiqaradi. Shu operatsiya uchun 1944-yil avgustda general Shemenkovga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga taqdim etiladi, ammo bu unvonni berish 7 oyga kechiktiriladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 6-apreldagi Farmoni bilan “Harbiy tuzilmalarni mohirona boshqarganligi, ko‘rsatgan shaxsiy jasorati va qahramonligi uchun”, general-leytenant Shemenkov Afanasiy Dmitrievich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.
1944-yil avgustda shu 8-gvardiya armiyasining 29-gvardiya o‘qchi korpusining komandiri etib tayinlanib, Visla-Oder va Berlin hujum operatsiyalarida, Polshani ozod qilishda va Germaniya hududidagi hujumlarda qatnashgan.
1945-yil 26-apreldan boshlab 1-Belorussiya frontining 61-armiyasi 9-gvardiya o‘qchi korpusiga qo‘mondonlik qilgan. Berlin operatsiyasida korpus Neuruppin shahrini egallab, 1945-yil 2-mayda Elbe daryosiga chiqib boradi va Amerika qo‘shinlari bilan uchrashadi.
1953-yil iyun oyida zaxiraga bo‘shatilgan, Moskvada yashagan.
1972-yil 4-martda vafot etgan. Vvedenskiy qabristoniga dafn qilingan.